Breaking News

BMT Qochqinlar agentligi Termiz orqali Afg'onistonga yordam uzatdi


"Do'stlik" ko'prigi, O'zbekiston va Afg'oniston orasidagi Termiz-Hayraton chegara posti, 15-dekabr, 2021
"Do'stlik" ko'prigi, O'zbekiston va Afg'oniston orasidagi Termiz-Hayraton chegara posti, 15-dekabr, 2021

BMT Qochqinlar agentligi Termiz orqali Afg'onistonga insonparvarlik yordami uzatdi. O'zbekiston hozirda bunday ko'mak uchun o'z hududini ochib qo'ygan. Termiz Kargo markazi bu borada xizmat ko'rsatmoqda, deya bildiradi BMT rasmiylari.

Bu safargi yordam 40 tonna bo'lib, uy-ro'zg'or anjomlaridan iborat. Yuk o'tgan ikki oy mobaynida Termizga havo yo'llari orqali keltirilgan. Uning Afg'onistonga qachon kirishi Kobuldagi rahbarlarning irodasiga bog'liq.

“Biz O'zbekiston hukumatining bu jarayonlarni quvvatlayotganidan minnatdormiz. Millionlab afg'onlar oziq-ovqat taqchilligidan qiynalmoqda. Qahraton qishdan eson-omon chiqishlari uchun va gumanitar inqirozning oldini olish uchun favqullodda madad ko'rsatishimiz zarur", - deya qayd etadi Qochqinlar agentligi vakili Frank Remus.

Amerika Ovozi yaqinda Termizda bo'lib, maxsus ko'rsatuv berdi, chegaradagi vaziyatni o'rgandi, Kargo markazida bo'ldi va Surxondaryodagi afg'onlar bilan suhbatlashdi.

Termiz kargo markazi: Afg'oniston-O'zbekiston chegarasida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:35:21 0:00
O'zbekistonning janubiy chegarasi: Termiz-Hayraton
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:18:04 0:00
Termiz bozoridagi afg'onistonliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:19:49 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG