Breaking News

Qozog’istonda norozilik namoyishlari: “Chol, ket!”


Qozog'istonda omma uzoq yillik lider Nursulton Nazarboyev siyosatdan ketishini, shuningdek, Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev ham iste'fo berishini talab qilmoqda
Qozog'istonda omma uzoq yillik lider Nursulton Nazarboyev siyosatdan ketishini, shuningdek, Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev ham iste'fo berishini talab qilmoqda

Qozog’istonning Janauzen shahrida 3-yanvardan kuzatilgan norozilik namoyishlar ayni paytga mamlakatning sakkiz viloyatiga yoyilgan. Hukumat namoyishchilar bilan muzokaraga kirishgan. O'tgan uch yil mobaynida Qozog'istonda bunday chiqishlar tez-tez kuzatiladi. Hukumat bu paytda matbuot erkinligini cheklaydi, namoyishchilarni hibsga oladi va fuqarolarga nisbatan kuch ishlatadi.

Xalqaro hayot - 5-yanvar, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:30 0:00

Janauzen aholisi tabiiy gaz narxi oshishiga qarshi chiqdi. Talab Qozog’iston ahli tomonidan qo’llanib, mamlakatning boshqa qismlariga ham tarqalar ekan, namoyishchilarda siyosiy talablar ham ko’tarilmoqda, jumladan hukumat iste’fosi va elboshi milliy rahnamo Nursulton Nazarboyevning mutlaq siyosatdan ketishi. "Chol ket" degan chaqiriqlar tinmayapti.

Prezident Qosim-Jo'mart To’qayev Janauzenda gaz narxini tekshirish yuzasidan hukumatga maxsus topshiriq bergan. Biroq bu namoyishlarni tindirmagan.

Hozirda ularni bostirish uchun viloyatlarga harbiy texnika tashlanayotgani haqida ma’lumotlar bor. Ayrim joylarda namoyishchilar tunni ko’chada o’tkazishgan.

Janauzen shahrida boshlangan ommaviy chiqishlar qisqa vaqtda sakkiz viloyatga yoyilib, qozoq ziyolilari va yozuvchilari namoyishchilarni qo’llab chiqishayotgani hukumatni ancha tang vaziyatda qoldirgan.

Politsiya Janauzendagi aksiya ishtirokchilarini hibsga olgan, yirik sondagi namoyishchilar bilan to’qnashgan.

Aktau shahrida namoyishchilar aeroport yo’llarini to’sib qo’yishgan. Hukumat ular bilan muzokarada.

“Amerika Ovozi” qozoq muxolifati faollaridan biri Aydos Sodiq bilan suhbatda mamlakatdagi norozilik ruhi, aholi faolligi va jamoatchilik namoyishlar o’tkazishdan cho’chimay qo’ygani singari holatlarni muhokama qildi.

Qozog'istonda ommaviy norozilik namoyishlari, nega?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:36 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG