Breaking News

Qozog'istonda minglab odamlar norozilik namoyishida

2022-yil Qozog'istonda hukumatga qarshi namoyishlar bilan boshlandi. Bu hafta qator viloyatlarda yuzlab odamlar ko'chada. Ular yonilg'i qimmatligidan nolimoqda. Shuningdek, hukumatning o'zgarishini hamda elboshi Nursulton Nazarboyevning siyosiy maydondan ketishini talab qilmoqda.

Qozog'istonda yonilg'i narxidan va siyosiy-iqtisodiy vaziyatdan norozi omma viloyatma-viloyat norozilik namoyishlariga zo'r berar ekan, Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev bugun xalqqa murojaat qilib, talablarga ko'nmasligini bildirdi.

Namoyishchilar nafaqat narxlar pasayishini, balki hukumat iste'foga chiqib, elboshi deya tanilgan Nursulton Nazarboyev siyosiy sahnadan tamoman ketishini ham talab qilmoqda.

"Hukumat va ichki ishlar idoralariga hujum qilishga chaqirish jinoyatdir", - deya ogohlantirdi To'qayev.

"Hukumat qulamaydi, biz mojaro emas, o'zaro ishonch va muloqot tarafdorimiz".

Rahbariyat namoyishchilar bilan muzokarada ekani ma'lum, ammo ommaviy chiqishlar tinmagan.

"Reyter" axborot agentligining xabar berishicha, Almati va boshqa yirik shaharlarda politsiya namoyishlarni tarqatish uchun ko'zni yoshlantiruvchi gaz va boshqa vositalar ishlatgan.

Hukumat oxirgi haftalarda yonilg'i narxini nazorat qilishga harakat qildi, ammo norozi fuqarolar nazarida rahbarlar ularning dardini tushunmaydi, chunki xohlamaydi va irodasiz.

Mangistau, Aktau va boshqa viloyatlarda ishchilar va mehnatkashlar namoyishchilar orasida katta sonni tashkil etadi.

Almatida ham minglab odamlar ko'chaga chiqqan. O'nlab namoyishchilar hibsga olingan. Mobil aloqa cheklangan.


Ko'proq...

16x9 Image

Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG