Breaking News

Qozog’istondagi namoyishda Markaziy Osiyodan jangarilar qatnashganmi?


Qozog’iston: Vahobiylar, tashqi kuchlar haqidagi iddaolar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:33 0:00

Qozog’istondagi namoyishlarda O’zbekiston, Tojikiston va Qirg’izistondan yollangan jangarilar qatnashganiga doir iddaolar yuzaga chiqmoqda.

Qozog’iston huquq-tartibot idoralari sizdirgan bu da’vo hukumat, bu doiradagi ekspertlar tomonidan ham qo’llab-quvvatlanayotgani kuzatiladi.

Almati shahriga 20 mingga yaqin jangari hujum qilgani, aksariyati xorijliklar ekani dastlab Prezident Qosim-Jo’mart To’qayevning murojaatida ta’kidlangan edi.

Bu murojaat ortidan mahalliy televideniyeda qirg’zistonlik fuqaroning iqrorlari aks etgan lavha paydo bo’ldi. Sobiq davlat maslahatchisi Yermuhamet Yertisbayev televideniyedagi chiqishida namoyishlarda vahobiylar qatnashgani, qo’shni davlatlar O’zbekiston, Qirg’izistonda minglab jangari borligi, ular va boshqa vahobiylar Qozog’istonda hukumat ag’darilishini kutishgani haqida gapirdi.

Ayni paytga kelib Qozog’istondagi namoyishlar qozoq xalqi tomonidan emas, balki ayrim guruhlar tomonidan uyushtirilganiga doir ssenariylar bosh planga chiqmoqda. Bu farazlar xorijdagi qozoq muxolifatidan tortib, mamlakatdagi hukumatga, sobiq prezident Nursulton Nazarboyevga yaqin, ammo To’qayevni hokimiyatdan ketkazish uchun kurashayotgan guruhlarni o’z ichiga oladi.

Yaqin kunlarda Qozog’istondagi namoyishlar ichki va tashqi kuchlar tomonidan uyushtirilgan terror xuruji ekanligi, bunday vaziyatda Rossiya yetakchiligidagi harbiy ittifoq kuchlarini yordamga chaqirgan To’qayev mamlakatni beqarorlikdan saqlab qolganiga doir xulosalar taqdim etilishi kutilayotgandek.

Qo’shni davlatlardan jangarilar yollanganiga doir da’volarga hozircha biror rasmiy munosabat yo’q, ammo bu da’volar faollar tomonidan rad etilmoqda.

O’zbekistonlik mustaqil jurnalist, huquq himoyachisi Yusuf Ro’zimurodov nazarida Prezident To’qayev Rossiya yetakchiligidagi harbiy ittifoqni jalb qilish uchun tashqi xavf yaratishi kerak edi, u buni qo’shni davlatlardan yaratmoqda.

O’zbekiston hukumati namoyishlarda o’zbekistonliklar qatnashganiga oid iddaolarga zudlik bilan javob berishi kerak, deydi Ro’zimurodov.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG