Breaking News

Bayden qurol zo'ravonligiga qarshi tashabbuslarini targ'ib qilmoqda


Prezident Bayden Nyu-Yorkda politsiyachilar bilan ko'rishmoqda
Prezident Bayden Nyu-Yorkda politsiyachilar bilan ko'rishmoqda

AQSh Prezidenti Jo Bayden bir necha kun oldin Nyu-York shahrida bo’lib, ma’muriyatining qurol zo’ravonligi va jinoyatlarga qarshi tashabbusini targ’ib qildi. Bayden “arvoh to’pponchalar”, ya’ni kelib chiqishi noma’lum qurollarni aniqlab, musodara qilishni ham taklif etmoqda.

Bayden qurol zo'ravonligiga qarshi tashabbuslarini targ'ib qilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:21 0:00

Yaqinda Nyu-Yorkda qurol vositasida zo’ravonlik kuchayishi ketidan shahar meri Erik Adams federal hukumatdan yordam so’radi.

"Barchamiz guvohmiz. Qotilliklarga guvohmiz, federal hukumatning qurollarning shaharga oqib kelishiga to’siq qo’yishiga ojiz ekaniga guvohmiz”, - dedi u.

Bayden Nyu-York politsiya boshqarmasida bo’lib, noqonuniy qurollarga qarshi kurash haqida gapirdi.

"Bosh prokuror AQShdagi barcha prokurorlarga shtat va shahar chegaralari bo’ylab qurol kontrabandasiga qarshi kurashni ustuvor vazifa deb belgilashni tayinladi”, - dedi Bayden.

Oq uy ma’muriyati qurol egasini aniqlashga imkon beruvchi seriya raqami yo’q qo’lbola qurollarga qarshi kurashni maqsad qilgan “Arvoh to’pponchalarga qarshi kurash milliy tashabbusi”ni targ’ib qilmoqda.

Federal hukumat “temir quvur” deb nomlanuvchi noqonuniy qurol oqimini to’xtatmoqchi. Bunday qurollar odatda mamlakat janubida sotiladi, sharqiy hududlarga yuboriladi, Nyu-York kabi yirik shaharlarda sodir etilayotgan jinoyatlarda qo’llaniladi.

Qurolga egalik qlish konstitutsiyada kafolatlangan huquqlardan biri bo’lib, har bir shtat qurol turini mustaqil ravishda cheklaydi. Respublikachilar qurol nazoratiga doir qonunlarga qarshi. Bu esa Baydenga bu ishni prezident farmonlari orqali qilishdan boshqa chora qoldirmayapti. Qurol nazorati tarafdorlari bunday yondashuvni olqishlamoqda, ammo mutaxassislar bu ish berishiga ishonmaydi.

“Federal hukumat o’z vazifalariga aloqasi yo’q muammolarni hal etishga kelganda o’ta samarasizligini ko’rsatgan. Masalan, narkotiklarni man qilishga yoki politsiyaning mahalliy darajadagi hokimiyatiga aralashmaslikka kelganda. Bu vazifalar federal hukumatga konstitutsiyamiz tomonidan yuklanmagan va federal hukumat bu ishlarda o’zini samarali qilib ko’rsatmagan”, - deydi Vashingtondagi Kato tahlil instituti vitse-prezidenti Klark Nili.

Baydenning Nyu-Yorkka tashrifi respublikachilarning “davlat rahbari jinoyatga qarshi qattiq kurashmayapti” degan tanqidlariga javob berishga ham qaratilgani aytiladi. U Demokratik partiyaning politsiyaga pulni kamaytirishni taklif etayotgan ayrim progressiv qonunchilari qarashlarini rad etdi.

“Pulni kamaytirmaymiz. Politsiyachilarga qo’shimcha ravishda boshqa turdagi xizmatlarni tashkillashtirib, unga pul ajratamiz. Ijtimoiy xizmatchilar, ruhiy salomatlik xodimlarini ko’paytirishimiz kerak”, - dedi Bayden.

Prezident Nyu-Yorkdagi maktabda ham bo’lib, mahalliy rahbarlar bilan jamoalarning zo’ravonliklarga qarshi dasturlarini muhokama qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG