Breaking News

AQSh terrorga qarshi mobil programma chiqardi


"aCTknowledge" mobil applikatsiyasini "Apple" app do'konidan yuklash mumkin
"aCTknowledge" mobil applikatsiyasini "Apple" app do'konidan yuklash mumkin

"Apple" kompansiyasiga ko'ra, har narsa uchun "app" bor, ya'ni maxsus programma. Endilikda terrorizmga qarshi kurash uchun ham shunday dastur mavjud.

AQSh Milliy kontterrorizm markazi (NCTC) 7-fevral kuni "aCTknowledge" mobil applikatsiyasini ishga tushirdi. "Apple" app do'konidan va NCTC saytidan yuklab olish mumkin.

"Bu programma orqali terrorizm bo'yicha axborot olish mumkin, maxfiy bo'lmagan axborot", - deya tushuntiradi rasmiylar.

Yaqin kunlarda bu programma Google Play do'konida ham paydo bo'lishi kutilmoqda.

Dastur hamma uchun ochiq, lekin kontrterrorizm mutaxassislari uchun alohida versiyasi bor. Bu maxsus turini federal xizmatchilar, xususan terrorizmga qarshi kurash vazifasi yuklangan idoralarning xodimlari yuklashi mumkin.

"Shu paytga qadar bu kabi keng ko'lamda axborot ulashmaganmiz", - deydi NCTC ekspertlari.

“Yangi ma'lumotlar shu zahoti ommaga tadqim etiladi. Maqsad jamoatchilkni bevosita darhol ogoh qilish va choralar ko'rishni tezlashtirish".

"aCTknowledge" foydalanuvchiga xabarlar uzatib turadi. Yig'ilgan axborotni tahlil qilish mumkin, shuningdek, qiziqtirgan mavzularni izlasa bo'ladi.

NCTC xakerlarga va umuman kiber xurujlarga qarshi choralar ko'rilayotganini bildiradi.

“Rasmiylar programmani ishlatish uchun ishxona elektron adresidan foydalanishi talab etiladi. Ular tekshiruvsiz maxsus versiyadan foydalana olmaydi", - deydi NCTC ekspertlari.

Programmani ishlab chiqishda kontrterrorizm tizimidagi tajriba va bilimga tayanilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG