Breaking News

Pokiston nima uchun Rossiya hujumini qoralamadi?


Rossiya rahbari Vladimir Putin Pokiston Bosh vaziri Imron Xonni qabul qilmoqda. Moskva, 24-fevral, 2022.
Rossiya rahbari Vladimir Putin Pokiston Bosh vaziri Imron Xonni qabul qilmoqda. Moskva, 24-fevral, 2022.

Rossiyani Ukrainaga adolatsiz hujum uyushtirganlikda ayblovchi BMT rezolyutsiyasini 193 mamlakatdan 141 tasi qo'llab-quvvatladi.

35 mamlakat, xususan, Xitoy, Hindiston, Bangladesh va Pokiston ham rezolyutsiya bo'yicha betaraflar qatorida.

Pokistonning BMT dagi doimiy vakili Munir Akrom Bosh Assambleyaning navbatdan tashqari sessiyasida o’ta ehtiyotkor nutq so’zladi. Tarang vaziyatni yumshatish, Moskva-Kiyev dialogini davom ettirish borasida neytral mazmunda gapirdi.

Sessiyadan bir kun avval – 1-mart kuni G’arb mamlakatlarining Pokistondagi diplomatlari birlashib, Islomobodni Rossiya bosqinini qoralovchilar safiga qo’shilishga undagan. Moskvadan urushni to’xtatishni talab qilayotgan davlatlar ro’yxatiga kirishni ham so’rashgan.

Jami 22 davlat elchilari hamda Yevropa Ittifoqining Islomoboddagi delegatsiyasi rahbari imzolagan bayonotda Pokistondan BMT da Ukraina bosqiniga qarshi ovoz berish so’ralgan.

Pokiston Bosh vaziri Imron Xon Prezident Vladimir Putin Rossiya qo’shinlarini Ukraina hududiga bostirib kirishga buyurgan 24-fevral sanasida rasmiy tashrif bilan Moskvada edi. Pokiston BMT Bosh Assambleyasida ham neytral qolishni afzal ko’rdi.

Pokiston rahbari dunyoning qudratli davlatlari bilan muvozanatli aloqa qilishini hamda global siyosatda biror blok tarafdori bo’lmasligini aytgan.

Xon 28-fevral kuni so’zlar ekan, 23 yildan beri Pokiston bosh vazirining birinchi bor Moskvaga rasmiy tashrif bilan borishi nima uchun ahamiyatli ekaniga izoh berdi.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatning avvalgi rahbarlari yuritgan xato tashqi siyosat Pokistonga qimmatga tushgan.

Xususan, AQSh boshchiligida Afg’onistonda olib borilgan aksilterror urushda xorij koalitsiyasini dastaklash oqibatida 80 ming pokistonlik o’lgan, deydi Xon. Iqtisod 150 milliard dollarlik zarar ko’rgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG