Breaking News

Tayms maydonida namoyish: Ukraina havo hududini yoping

Nyu-Yorkning Tayms maydonida Ukrainani qo’llovchi birdamlik namoyishi uyushtirildi. Qatnashchilar AQSh hukumatidan Rossiya harbiy havo kuchlari zarbalarining oldini olish uchun Ukraina osmonini parvozlar uchun yopishni talab qilishmoqda.

Rossiyaning hujumining birinchi kunidan buyon Nyu-York shahrining turli burchaklarida har kuni namoyishlar o’tmoqda, 5-mart kuni ham minglab odamlar shiorlar ko’tarib chiqdi.

Namoyishchilar oldiga so’zga chiqqanlar orasida Ukrainaning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli Oleksiy Holubov ham bor.

Rasmiy ma’lumotlarga tayanilsa, AQSh hududida yashaydigan kelib chiqishi Ukrainadan bo’lgan 1 milliondan oshiq immigrantlarning 140 mingi Nyu-Yorkda istiqomat qiladi.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG