Ukraina huquq tartibot idoralari Rossiya armiyasi tomonidan otib o’ldirilgani, keyinchalik ommaviy qabrlarga ko’mib yuborilgani da’vo qilinayotgan o’nlab fuqarolarning jasadini aniqlash ishlariga kirishgan. Shaharda topilgan ommaviy qabrlardan biri ochilib, jasadlarning shaxsi, o’limi sabablari yuzasidan tergov-surishtiruv olib borilishi, Rossiya armiyasining harbiy jinoyatlariga doir dalillar to’planishi ta’kidlanmoqda. Rossiya tomoni Bucha shahrida tinch aholi qirg’in qilinganiga doir ma’lumotni inkor etgan. "Amerika Ovozi" muxbiri Malik Mansurning Buchadan yo'llagan fotoreportajini tomosha qiling.
Buchada eksgumatsiya ishlari boshlandi
Bucha shahrida ommaviy qabrlarga ko’milgan aholi jasadini eksgumatsiya qilish ishlari boshlandi.
Facebook Forum