Breaking News

Rossiyaning Tolibon bilan diplomatik aloqa o’rnatishi to’g’rimi?


Tolibon hukumatini hanuz hech bir davlat rasman tan olmagan bo’lsa-da, guruh diplomatik izolyatsiya iskanjasidan chiqishni uddalamoqda. Xususan, Tolibon qo’shni mamlakatlar bilan diplomatik aloqa o’rnatishga erishgan.

So’nggi oylarda to’rt mamlakat – Xitoy, Pokiston, Rossiya va Turkmaniston o’z mamlakatlariga Tolibon yo’llagan elchini akkreditatsiyadan o’tkazdi. Garchi bu mamlakatlarning birortasi Afg’onistonda sakkiz oydan beri hokimiyatni boshqarayotgan Tolibon hukumatini rasman tan olganicha yo’q.

Moskva mart oyida Tolibon elchisi Jamol Nosir G’arvalni akkreditatsiyadan o’tkazib, guruh bilan diplomatik munosabat o’rnatgan so’nggi mamlakatga aylandi.

Vashington choyxonasi: Tolibon va xalqaro hamjamiyat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:23:44 0:00

“Buni Afg’oniston bilan to’laqonli diplomatik aloqalarni tiklash qarori o’laroq baholaymiz”, - dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova.

Garchi Zaxarova Tolibonni rasman tan olish uchun hali erta ekanini ta’kidlagan bo’lsa-da, Vashington diplomatik qarorga tanqidiy yondashmoqda. AQSh hukumati nazdida, Tolibon legitimlikka erishish uchun munosib siyosat yuritmayapti.

Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Praysning bildirishicha, AQSh va uning ittifoqchilari Tolibonning so’nggi qarorlari, xususan, o’smir qizlar ta’limini taqiqlagani, ayollar va qizlarning ko’chaga chiqishi va sayohat qilishiga doir joriy etgan cheklovlari ortidan jiddiy xavotirda.

O'zbekiston: Tolibonni quvvatlash radikalizmni kuchaytirmaydimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:17:30 0:00

“Hozir Tolibonga ishonch bildirish va aloqalarni yaxshilash vaqti emas. Bunday qaror Tolibonga noto’g’ri signal yo’llashdir”, - dedi Prays “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

Tolibon Afg’onistonda hokimiyatni egllashi bilan AQSh va G’arb mamlakatlari Kobuldagi elchixonalari faoliyatini to’xtatgan. Biroq mamlakat aholisiga gumanitar yordam yetkazib berish va guruh siyosatiga ta’sir o’tkazish maqsadida Tolibon bilan muayyan aloqani saqlab qolgan.

Tolibon diplomatlarini qabul qilgan yuqoridagi mamlakatlarning barchasi Kobulda o’z elchixonasiga ega.

AQShning Kobuldagi sobiq elchisi, Amerika Diplomatiya akademiyasi prezidenti Ronald Nyumanning ta’kidlashicha, Rossiya va boshqa mamlakatlarning Tolibon diplomatlarini akkreditatsiyadan o’tkazishi to’g’ri emas. Jahon hamjamiyati Tolibondan siyosiy iroda, progressiv qadamlar kutayotgan bir davrda o’z va’dalaridan kechayotgan guruhni dastaklab bo’lmaydi.

O'zbekiston Tolibonni qachon va qay shart bilan tan oladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:14:33 0:00

Nyumanning izohlashicha, xorijiy diplomatni akkreditatsiyadan o’tkazish ana shu mamlakat hukumatini rasman tan olish degani emas. Biroq Tolibon buni o’zgacha baholaydi.

“Amalda, bu Tolibonni rasman tan olish bilan barobar, biroq bu yetarli emas. Mamlakatlar Islom amirligini tan olishi kerak”, - deydi Tolibonning BMT dagi vakili Suhayl Shahin.

BMT Tolibon vakili nomzodini ma’qullamagan. Tolibon elchilarini shu kunga qadar Xitoy, Eron, Malayziya, Pokiston, Qatar, Rossiya, Saudiya va Turkmaniston qabul qilganini bildirgan Shahin amirlikning tan olinmasligi uchun sabab yo’qligini iddao qilmoqda. Garchi yuqoridagi mamlakatlardan faqat to’rttasi Tolibon diplomatlarini akkreditatsiyadan o’tkazgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG