Breaking News

Haydovchisiz texnikalar qishloq xo'jaligiga kirib kelmoqda


Haydovchisiz traktorlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

Haydovchisiz harakatlanuvchi texnologiyalar qishloq xo’jaligiga ham kirib kelmoqda. Tez orada traktorlar odam ishtirokisiz mustaqil yer haydashni, ekin ekishni boshlaydi. Fermerlarning bunga munosabati qanday?

Qishloq xo’jaligi texnologiyalari sekin-asta o’zgarib bormoqda.

Tez orada fermerlar 24 soat to’xtovsiz ishlovchi, mustaqil harakatlanuvchi traktorlarga ega bo’lishi mumkin. Ular masofadan telefon orqali boshqarib turilsa kifoya.

“Bu mamlakatga asos solinganda, aholining yarmi fermer edi. Hozir ular bir foizdan kamroq. Mehnat qurollari orqali samaradorlik oshirilgani natijasi bu”, - deydi “Bear Flag Robotics” kompaniyasi vakili Ijino Kafiero.

O’zi harakatlanuvchi bu traktor to’xtovsiz yerni haydash va urug’ qadashda sun’iy intellekt va navigatordan foydalanadi. Barcha fermerlar bunday texnologiyadan foydalanishga tayyormi?

“Yoqilg’i darajasini, yana qancha yer qolganini mobil ilovadan ko’ra olaman. Agar maydonda traktor tanimaydigan nimadir bo’lsa, u to’xtaydi va menga xabar beradi. Aylanib o’taymi, degan ma’noda”, - deydi fermer Dag Nimz.

Jonli kamera orqali dehqon ham dalani kuzatib turishi mumkin. Urug’lar to’kis qadaladi. Begona o’tlarga qarshi ximikatlar ham faqat kerakli joylarga sepiladi; bu ham pulni tejaydi, ham atrof-muhit uchun foydali.

Eng katta foydasi, deydi fermerlar, vaqt tejaladi.

To’rtinchi avlod fermer Sara Roker Montana shtatida qand lavlagi, bug’doy va soya yetishtiradi.

“Mening hozirgi traktorim va o’zi mustaqil harakatlanadigan texnika orasidagi eng katta farq bu vaqt bilan bog’liq. Bu yangi texnologiya bilan ko’proq yerga ishlov berishim va tejamkorroq bo’lishim mumkin”, - deydi u.

“Fermerlar, odatda, konservativ bo’ladi. Lekin bir marta sinab ko’rishsa, ularga bu ma’qul kelishiga ishonaman”, - deydi Dag Nimz.

Avtonom harakatlanuvchi traktorlar shu yil oxirigacha fermerlar qo’liga topshirilishi kutilyapti.

Daraxt ekayotgan dronlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:05 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG