Fashizm ustidan qozonilgan g’alaba ukrainlar uchun eng muhim bayramlardan biri bo’lib kelgan. Ammo, Rossiyaning Ukrainaga boshlagan urushi g’alaba kuniga nisbatan munosabatni ham keskin o’zgartirgani kuzatiladi. Kiyev markazida Ikkinchi Jahon urishida halok bo’lgan noma’lum askar xotirasiga qo’yilgan yodgorlik odatda har yili odamlar bilan gavjum bo’ladi. Bu yil esa odam siyrak. Ukraina tomoni Rossiyani asossiz urushda, fashizmni tiklashga urinayotganlikda ayblamoqda. “Amerika ovozi” 9-may kuni Kiyevdagi manzara bilan tanishdi.
Kiyevda 9-may qanday nishonlandi?
9-may Ukrainada rasman Ikkinchi Jahon urishida fashizm ustidan qozonilgan g’alaba kuni sifatida belgilangan. Bu urushda Ukrainaning 10 millionga yaqin aholisi halok bo’lgan.
Facebook Forum