Breaking News

AQSh, O'zbekiston Afg'oniston yuzasidan maslahatlashdi

Toshkent, 27-may, 2022: AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Tomas Uest Davlat kotibi muovini hamdir
Toshkent, 27-may, 2022: AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Tomas Uest Davlat kotibi muovini hamdir

AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Tomas Uest O'zbekistonda. Uest Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Prezident Mirziyoyevning Afg'iniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev bilan muloqot qilgan.

Bayden ma'muriyati O‘zbekistonning Afg‘oniston "ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash, afg‘on xalqiga gumanitar va boshqa yordam" ko‘rsatayotganini olqishlab keladi.

Toshkent va Vashington Afg‘oniston bo'yicha siyosatini o'zaro maslahatlashgan va bir-birini boxabar qilgan holda olib bormoqda, deydi rasmiylar.

Uest bilan suhbatda ham xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va tizimlashtirish zarurligi qayd etilgan.

Toshkent, 27-may, 2022: O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Afg'oniston bo'yicha maxsus vakil Ismatulla Irgashev
Toshkent, 27-may, 2022: O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Afg'oniston bo'yicha maxsus vakil Ismatulla Irgashev

O'zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yetkazishda Termiz shahri ko‘p funksiyali transport-logistika xabi sifatida xizmat qilayotgani va AQSh ham bu imkoniyatlardan bemalol foydalanishi mumkinligini eslatgan

Diplomatlarga ko'ra, xalqaro hamjamiyat hali tan olmagan Tolibon rahbariyatiga shartlar yuzasidan ham AQSh va O'zbekiston yakdil: Afg‘onistonda inklyuziv hukumati shakllanishi zarur. Inson huquqlari, xususan xotin-qizlarning erkinliklari, jumladan ta’lim olishi, ishlashi va harakatlanishlari hamda barcha jarayonlarda ishtirok etishi ta'minlanishi kerak.

Afgʻoniston zamini, Amerika hukumati qayd etishicha, xalqaro terrorchilarga panoh bo'lmasligi va u yerdan biror davlat tinchligiga raxna solinmasligi shart. O'zbekiston ham shunga urg'u berib, o'z xavfsizligi va mintaqa barqarorligiga qo'shni davlatdan biror tahdid bo'lmasligi yo'lida chora ko'rayotganini ta'kidlaydi

Oxirgi paytlarda Afg'oniston shimolidan "Islomiy davlat Xuroson" O'zbekistonni bir necha bor nishonga olganini da'vo qildi, ammo Toshkent buni inkor etdi.

O'zbekiston-AQSh muloqoti, Toshkent, 22-may, 2022
O'zbekiston-AQSh muloqoti, Toshkent, 22-may, 2022
Toshkent, 27-may, 2022: Chapdan, Prezident Mirziyoyevning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus vakili Tomas Uest, O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Amerikaning Toshkentdagi elchisi Daniel Rozenblum

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG