Breaking News

AQShning inson huquqlari bobidagi siyosatini izchil deyish mumkinmi?


Talabalar bilan uchrashuv chog'ida
Talabalar bilan uchrashuv chog'ida

Los-Anjeles shahrida talaba jurnalistlar bilan muloqot qilgan AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken dunyoda matbuot erkinligi haqida fikr bildirdi. Talabalar undan AQSh nega jurnalistlar o’limida ayblanayotgan Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlar bilan ish qilayotganini, biroq shu bilan birga, matbuot erkinligiga tahdid solayotgan Kuba, Nikaragua va Venesuela kabi mamlakatlarni qoralayotganini so’radi.

Xalqaro hayot - 9-iyun, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:48 0:00

AQSh davlat kotibi Los-Anjelesga Amerika qit’alari sammitida mintaqadagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashish uchun borgan. Qo’shma Shtatlar Kuba, Nikaragua va Venesuela rahbarlarini sammitga chaqirmadi. Blinken joriy yilda Shimoliy va Janubiy Amerikada o’ldirilgan 17 nafar matbuot xizmatchisidan 11 tasining Meksikadan ekanini aytdi.

“Dunyodagi boshqa hech bir mintaqa muxbirlar uchun bu qadar xavfli emas. Bu kabi jinoyatlarning davom etayotganiga sabab shuki, ularni sodir etishni buyurayotgan va sodir etayotgan odamlar kamdan-kam hollarda javobgarlikka tortiladi, bu esa bunday hujumlarning jazosiz qolishini ko’rsatmoqda”, - dedi Blinken.

Talaba muxbirlar forumida davlat kotibidan Amerikaning eng yaqin ittifoqchisi bo’lgan Isroil falastinlik-amerikalik jurnalist Shirin Abu Aqlaning o’limi uchun nega jazolanmagani haqida so’raldi.

"Shirinning o’limidan afsusdaman. U ajoyib jurnalist edi, bilasiz, Amerika fuqarosi bo’lgan. Dalillarni o’rganib chiqib, haqiqatning tagiga yetish qarorida qat’iymiz. Qotillik sabablari aniqlangani yo’q hali”, - dedi Blinken.

CNN telekompaniyasi tayyorlagan bir lavhada voqeaga guvoh bo’lgan odamlardan biri muxbir Isroil xavfsizlik kuchlari hujumida o’lganini aytgan. Isroil ayblovlarni rad etarkan, tergov hamon davom etayotganini bildiradi, bu esa o’z navbatida aholining g’azabi va namoyishlarni avj oldirdi.

Ikki yil oldin Turkiyada “Vashington Post” muxbiri Jamol Qoshiqchi qirollikka qarashli konsullik xizmati binosida o’ldirildi. AQSh razvedkasi qotillikka valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon aloqador deya xulosa qildi. Uni keskin tanqid qilib, qirollikni moxov davlatga aylantirishga do’q-po’pisa qilgan AQSh Prezidenti Jo Bayden endi bu mamlakatga borishga hozirlik ko’rmoqda. Kuzatuvchilarga ko’ra, qirollikka tashrif Baydenning matbuot erkinligiga qanchalik sodiq ekanini ko’rsatadi.

“Benzin narxini tushirishga intilish Oq uy ma’muriyatining inson huquqlari himoyasiga asoslangan tashqi siyosat haqidagi gaplari va benzin narxining qimmatlashayotganidan g’azablanayotgan o’rta sinf amerikaliklar manfaatiga xizmat qiluvchi siyosat o’rtasidagi ziddiyatni oydinlashtirmoqda”, - deydi Vashingtondagi Milliy matbuot klubining Jurnalistika institutidan Reychel Osvald.

Mutaxassislar benzin narxining oshayotgani Baydenni saudiya valiahd shahzodasi bilan uchrashishga majburlayotgan omillardan biri ekanini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG