Breaking News

Qochoqlar kuni: vatanini tark etganlar soni 100 milliondan oshdi


Qochqinlar soni 100 milliondan oshdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

Har yili 20-iyun Birlashgan Millatlar Tashkilotida Butunjahon qochqinlar kuni nishonlanadi. Bu yil ushbu kun Ukraina urushi tufayli qochoqlar soni yanada ko’paygan bir davrga to’g’ri keldi.

Fevral oyida Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan oldin, BMTning Qochqinlar bo'yicha agentligi ma'lumotiga ko’ra, dunyo bo'ylab 89 million qochoq bo’lgan. Ukraina urushi boshlanishi bilan ularning soni 100 milliondan oshdi.

"Esingizda bo'lsin, biz hozir hammamiz Ukrainaga diqqatimizni qaratganmiz, ammo Ukraina o’ta og’ir favqulodda holatlar ro’yxatining oxirida keladi", - deydi Qochqinlar bo’yicha BMT Oliy komissari Filippo Grandi.

Agentlikning yangi Global tendensiyalar hisobotida aytilishicha, o'tgan yili beshta inqiroz barcha qochqinlarning qariyb 70 foizini tashkil qilgan. Ular Suriya, Venesuela, Afg‘oniston, Janubiy Sudan va Myanmaga aloqador.

Afg'onistonda 24 million kishi gumanitar yordamga muhtoj: iqtisodiyot tanazzulga yuz tutgan; Tolibon ayollar va qizlarga nisbatan yanada ko'proq cheklovlar qo'ymoqda. Qochqinlar bo‘yicha BMT oliy komissarining aytishicha, shu muammolar tufayli 2,7 million afg‘on vatanini tark etishga majbur bo’lgan.

"Odamlar chegaralarni ba'zan vizalar bilan kesib o'tmoqda, lekin ko'pincha vizasiz va hujjatsiz. Ba'zan kuniga 20 000 kishigacha odam o’tadi", - deydi qochqinlar bo’yicha BMT idorasining Afg’onistondagi vakili Piter Kesler.

Ko'p odamlar qo'shni davlatlarga qochgan. Bir milliondan oshiq ukrainalik Polshaga o’tgan.

“Odamlar mojarodan imkon qadar uzoqroq emas, balki imkon qadar uylariga yaqinroq joyga qochishadi. Va ular imkon qadar kech emas, iloji boricha tezroq ortga qaytishadi", - deydi BMT idorasining Polshadagi so’zlovchisi Rafal Kostrzinski.

2021-yilda faqat 5,7 million ichki qochoq o’z uyiga qaytishga muvaffaq bo’lgan.

Bu yil 20-iyun Jahon qochqinlar kuni munosabati bilan asosiy e'tibor insonlarning xavfsizlikni izlash huquqiga qaratilmoqda.

Qochqinlar va boshpana izlovchilarni kutib olish hamda qabul qilish bo'yicha davlatlarning ko’rsatkichlari har xil.

Qochqinlar bo'yicha BMT agentligi bu davlatlar odamlar nega qochishini yaxshiroq tushunadi, degan umidda.

“Odamlar qo‘rquvdan qochadi. Bu faqat ukrainaliklar emas. Suriyaliklar bombalardan qochmoqda, Tigrayda ham odamlar bombalardan qochyapti. Saheldagi odamlar urushdan yoki shafqatsiz hujumlardan bezgan. Demak, siz ukrainalikmisiz, nikaragualikmi, qochish sabablari bir xil", - deydi Filippo Grandi.

Qochqinlar hayoti: Afg’onistondan Kaliforniyaga
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:01 0:00

Qo'rquv va mavhumlikdan ukrainalik Irina Morikvas erini yolg’iz qoldirib, o’g’li bilan vatanini tark etishga majbur bo’ldi.

"Biz eng muhim narsalarni olib, chegarani kesib o'tdik", - deydi u.

Hozir Niderlandiyada qolayotgan rassom Morikvas bu yilgi Butunjahon qochqinlar kunini xotirlashda BMTning Qochqinlar bo'yicha idorasi bilan hamkorlik qildi.

"Siz uyingizning eshigini muhtojlarga, masalan, yordamga muhtoj qochqinlarga ochsangiz, xuddi yuragingizni ochgandek bo’lasiz. Chunki uy oilaning yuragidir", - deydi Morikvas.

Dunyo bo'ylab o'n millionlab qochqinlar ana shunday bag’rini ochadigan yaxshi odamlar ko’magiga umid qilib yashamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG