Odamlar uchun ehtiyoj mollarining aksariyati yuk kemalari orqali tashiladi. Ammo bu kemalar har yili havoga bir million kub tonna chiqindi chiqaradi. Bu Germaniyadek ulkan davlat atmosferaga chiqaradigan bir yillik issiqxona gazlari miqdoridan ko’p.
Atrof-muhit himoyasi bo’yicha cheklovlar kuchayayotgan bir paytda yuk kompaniyalari toza energiya manbalariga o’tish yo’llarini qidirmoqda.
Tanlov uchun muhim manbalardan biri – bu shamol energiyasi.
“Deyarli har qanday kema shamol energiyasidan foydalansa bo’ladi”, - deydi Xalaqaro yelkanli kemalar assotsiatsiyasi rahbari Gevin Olright.
Yangi texnologiya, dizayn va materiallar tufayli shamol energiyasi qayta kashf qilinmoqda, deydi u.
Varrakli yelkanlar, qattiq yelkanlar va “Flettner” rotorlari deb ataladigan aylanuvchi ustun texnologiyalari ishga solinmoqda.
“Shamol aylanuvchi silindrga tegsa, bosim paydo bo’lib, u kemani tortuvchi kuchga aylanadi”, - deydi Olrayt.
Ba’zi kemalar to’liq shamol energiyasiga o’tadi.
Yoqilg’i sarfini kamaytirish uchun bu texnologiyalar amaldagi kemalarga ham o’rnatilishi mumkin.
Allaqachon ikkita ulkan kema shamol energiyasidan foydalanmoqda.
“Ular har kuni yuzlab tonna yoqilg’i sarflaydi. Ulkan yuk kemasida yoqilg’i sarfini 5-10 foizga kamaytira olsangiz ham, bu katta miqdor bo’ladi”, - deydi Gevin Olrayt.
Agar yo’nalish shamolga qarab tanlansa, tejamkorlik yanada oshadi.
“Yo’nalishni o’zgartirsangiz, portga biroz kech borishingiz mumkin, ammo yaxshiroq shamol sharoitiga ega bo’lasiz. 30 foizgacha samaradorlik oshishi mumkin”, - deydi ekspert.
“Mishelin” kompaniyasi shishiriladigan yelkanli qanotlar ustida ishlamoqda.
“G’oya juda oddiy. Ikkita knopka bo’ladi. Bittasi o’chirib-yoqish uchun, ikkinchisi shamolga qarab yo’nalishni o’zgartirish uchun. Xodimlarga hech qanday ortiqcha yuk emas”, - deydi kompaniya vakili Benoit Deyliz.
Avtonom tizim sensorlar orqali shamol yo’nalishini aniqlab, yelkanlarni o’zgartiradi. Kerakli joyda yelkanni tushirish mumkin.
“Ko’prik ostiga kelsangiz yoki portdagi zaruratga qarab, yelkanlarni osonlikcha tushirish mumkin”, - deydi Deyliz.
Bu yelkanlar yaxtada sinovdan o’tdi. Endi ularni yuk kemasiga o’rnatish rejalanmoqda.
Bir asrdan ziyod “Mishelin” kompaniyasining qiyofasi bo’lib kelgan “Michelin odam” obraziga o’xshash bu yelkanlar endi kelajak innovatsiyalarining ramziga aylanishi mumkin.
Facebook Forum