Breaking News

BMT oldida markaziy osiyolik faollar namoyishi

2-dekabr kuni Fransiyada asoslangan Markaziy Osiyo fuqarolik tashabbuslari “Saylov” assambleyasi Nyu-Yorkda urushga qarshi va inson huquqlari himoyasiga qaratilgan norozilik namoyishi o’tkazdi.

BMT bosh qarorgohi oldida o’tgan namoyishda Rossiyaning Ukrainaga nisbatan agressiyasini to’xtatish, Markaziy Osiyodagi siyosiy mahbuslar ozodligi va mintaqada inson huquqlarini hurmat qilish talablari yangradi.

2020-yilda Fransiyada tashkil etilgan “Turkmaniston Demokratik tanlovi” xalq harakati lideri Murod Qurbonov ham aksiyada qatnashib, talablar BMT ga rasman topshirilishini bildirdi.


XS
SM
MD
LG