Breaking News

Tramp tarafdorlari sonida o'zgarish bormi?


Saylov - 2024: Trampning imkoniyati qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

Donald Tramp uchinchi bor AQSh prezidentligi uchun saylovda qatnashmoqda. U bir muddatlik tanaffus ortidan yana Oq uyga kirgan tarixdagi ikkinchi shaxsga aylanish niyatida. Ommaviy so’rovlarga ko’ra, respublikachilar orasida uni qo’llayotganlar soni bu safar ilgarigidek emas.

Trampga eng sadoqatli saylovchilar G’arbiy Virjiniyaning Grant okrugida. 2016 va 2020-yillarda bu yerdagi aholining 88 foizi unga ovoz bergan.

Grant okrugi nashri muharriri Kamil Hovard bundan ajablanmaydi.

“Bu yerda deyarli barcha respublikachi. Rerspublikachilardan kim nomzod bo’lsa, uning yutishi aniq”, - deydi u.

7000 kishilik okrug saylovchilarining faqat 700 nafari demokrat sifatida ro’yxatdan o’tgan.

Maktab sobiq psixologi Frenk Miller nega qo’shnilarining aksariyati Trampning ashaddiy tarafdori ekanidan ajablanadi.

“Bu sig’inishdek gap. Men psixologman. Kult qanday ishlashini, haqiqat ko’zga ko’rinmay qolishini tushunaman. Ular faqat yetakchilari aytadigan gapga e’tibor qaratadi”, - deydi Miller.

6-yanvar qo’mitasi: Tramp javobgarlikka tortilishi kerak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:36 0:00

Prezidentligi davrida Tramp G’arbiy Virjiniyaning ko’mir sanoatini saqlab qolishga urindi, ko’payib borayotgan quyosh panellari va shamol turbinalarini “kuchli emas” deya tinimsiz malomat qildi. Vaholanki, Mount-Storm hududida 100 ta shamol turbinasi o’rnatilgan.

“Shovqini saratonga sabab bo’ladi, deb aytishyapti. Aylanganda chiqaradigan tinimsiz shovqinni aytmaysizmi. Va ular qushlar uchun naqd qabristonning o’zi”, - deydi Tramp.

2024-yilgacha respublikachilardan kimning prezidentlik uchun nomzod bo’lishi hali mavhum. Lekin shunisi aniqki, Grant okrugida yashaydigan Tramp tarafdorlari yana unga ovoz berish ahdida qat’iy.

“Unga ovoz beganlar orasida men biladiganlarning ko’pi yana uni saylamoqchi”, - deydi respublikachi Jodi Aurs.

Aurs sobiq xirurg yordamchisi. Uning qayinog’asi Jerri Aurs hukumat idorasida ishlaydi.

“Kim nomzod bo’lishidan qat’i nazar, tarafdorlari unga sodiq qolishda davom etadi”, - deydi Jerri.

Tramp G’arbiy Virjiniyada ikki marta partiya nomzodligini qo’lga kiritgan. Ammo 2024-yilgi saylovda qatnashish istagida bo’lgan respublikachi nomzodlar soni ancha ko’p bo’ladi. Demak, kimning nomzodlikni qo’lga kiritishi haqida gapirishga hali erta.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG