Breaking News

Afrika dehqonlari o'z mahsulotini mobil ilova orqali sotmoqda


Dehqonlarga yordam berayotgan mobil ilova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

Dunyo oziq-ovqatining uchdan bir qismini kichik dehqon xo’jaliklari yetishtiradi. Ammo katta bozorlarga chiqishda ular yuzlashadigan muammolar ko’p. Afrikada bir mobil ilova dehqonlarga bu masalada yordamchi bo’lmoqda.

Tanzaniyalik Iva Bimolel piyoz yetishtiradi. Shu paytgacha u mahsulotini faqat mahalliy bozorda sotgan.

Endi esa u “Agromovil” ilovasi orqali mijozlari doirasini kengaytirmoqda. Mobil dastur unga o’z mahsulotini boshqa hududlarda ham sotish imkonini beradi.

“Ma’lum haq evaziga ishlaydigan o’rtadagi vositachilardan qutildik. Hozir “Agromovil” orqali foydamiz oshdi, chunki endi to’g’ridan-to’g’ri xaridorlarga sota olamiz”, - deydi dehqon.

Kichik fermerlar dunyo oziq-ovqatining uchdan bir qismini yetishtiradi. Ular mahsulotini yanada ko’proq odamlarga yetkazish global ozuqa xavfsizligi bo’yicha xavotirlar oshgan paytda yanada muhim.

AQSh Qishloq xo’jaligi vazirligining tashqi xizmat bo’limi loyihaning Afrikada kengayishiga hissa qo’shmoqda.

“Sotuvchilar, xaridorlar hamda tashuvchilarni birlashtirib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirayotgani bizga ma’qul keldi”, - deydi vazirlik rasmiysi Lyuk Ney.

Ilovadan ko’zlangan maqsad ham shu, deydi loyiha asoschisi Endryu Mek.

“Bu dastur kichik fermerni tashqi dunyo bilan bog’lash uchun yaratilgan”, - deydi u.

Dehqonlar uchun ilovadan foydalanish bepul. “Agromovil” katta mijozlarga ma’lumot sotish orqali daromad qiladi.

Fermerlar dasturda qatnashish uchun mobil ilovani telefoniga yuklab olishi hamda profil yaratib, mahsulotlarini u yerga kiritishi kerak.

“Agromovil” so’ng ekinlar qachon ekilishini va qachon tayyor bo’lishini kuzatib boradi.

Xaridor va sotuvchilar ilova orqali o’zaro muloqot qilishi ham mumkin.

Leydi Sanabria Arian o’z kompaniyasi tayyorlaydigan mashhur shirinlik uchun guava mevasini Kolumbiyaning boshqa bir hududidan topdi.

“Hozirgacha 35 ta xaridni amalga oshirdik. Qizil va oq guavalardan ming savat oldik”, - deydi u.

“Agromovil” kabi loyihalar kichik fermerlarga o’z mahsulotlarini tobora ko’payib borayotgan dunyo aholisiga tezroq yetkazib berish imkoniyatini yaratmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG