Breaking News

Prezident Mirziyoyev energetik inqirozni yengishga qodirmi?


O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

O’zbekistonga anomal sovuq oqimi kirib kelgani aytilmoqda. Hukumat elektr ta’minotida muammolar bo’lishi haqida oldindan ogohlantirgan.

Jamoatchilik tahlikada. Odatda, qahraton qish nafaqat gaz, chiroq uzilishi, balki is gazidan o’lganlarning keskin oshishi bilan ham kuzatiladi.

Ichki ishlar vazirligi o’tgan yil davomida 146 kishi is gazidan zaharlanib o’lganini bildirgan edi. Qurbonlar orasida bolalar ham ko’p. Bu yilgi qish davomida ham is gazidan o’lgan yosh bolalar soni 20 nafarga yaqinlashayotgani haqida ma’lumotlar bor.

Mamlakatda fojiali bu muammoning asosiy sababi - energetik taqchillik masalasi hamon yechimsiz. O’zbekistonda gaz-neft qazib chiqaruvchi asosiy kompaniyalar Rossiyaga qarashli.

Tijorat siri sababi ostida tafsilotlari ochiqlanmayotgan bitimlar bu kompaniyalarga monopol vakolatlar berishi ta’kidlanadi.

Energetik inqirozga tortilgan O’zbekiston gaz importi bo’yicha Rossiya bilan muzokaralar o’tkazmoqda.

Mamlakatda gaz-neft sanoatiga doir shartnomalarni qayta ko’rib chiqish, milliylashtirish haqida chaqiriqlar mavjud.

Muxolif faollar fikricha, hukumat energetika muammosini yechishga qodir emas, xalqning sabr kosasi esa to’lib bormoqda.

Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Olloqulovning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, amaldagi hukumatda, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyevda energetik inqirozni yengish uchun lozim siyosiy iroda yetishmaydi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG