Breaking News

AQSh politsiyachilari irqiy zo'ravonlikda ayblanmoqda


Politsiya qo'lida halok bo'lgan Tayr Nikols suratini ko'targan namoyishchilar. Memfis, Tennessi shtati.
Politsiya qo'lida halok bo'lgan Tayr Nikols suratini ko'targan namoyishchilar. Memfis, Tennessi shtati.

Politsiyachilar 29 yoshli qora tanli - Tayr Nikolsni do'pposlab o’ldirgani ortidan AQSh qonunchilari va faollari muammolar yechimi borasida bosh qotirmoqda.

"ABC" telekanalida marhum oilasi advokati Ben Kramp politsiya faoliyatidagi yashirin tarafkashlik va irqchilik alomatlariga barham berish to’g’risida so’zladi.

“Institutsional politsiya madaniyati qora tanlilarga qarshi shafqatsiz kuch ishlatishga imkon yaratmoqda”, - deydi Kramp.

Politsiya qo'lida halok bo'lgan Tayr Nikols o'limi ortidan norozilik namoyishi. Memfis, Tennessi shtati, 27-yanvar, 2023.
Politsiya qo'lida halok bo'lgan Tayr Nikols o'limi ortidan norozilik namoyishi. Memfis, Tennessi shtati, 27-yanvar, 2023.

Politsiya zo’ravonligining oldini olish choralari haqida so’zlar ekan, demokrat senator Dik Dyorbin umummilliy muhokama lozimligini aytdi.

“Bo’g’ish usullarini qo’llamaslik, asossiz tintuv, politsiya boshqarmalari akkreditatsiyasi muhim, biroq kamlik qiladi”, - deydi u.

"NBC" telekanalida so’zlagan respublikachi qonunchi Jim Jordanga ko’ra, barcha politsiyachilarni birday ayblab bo’lmaydi. Politsiyani federal miqyosda isloh qilish muhim va mushkul.

Politsiya qo'lida halok bo'lgan Tayr Nikols o'limi ortidan norozilik namoyishi. Memfis, Tennessi shtati, 27-yanvar, 2023.
Politsiya qo'lida halok bo'lgan Tayr Nikols o'limi ortidan norozilik namoyishi. Memfis, Tennessi shtati, 27-yanvar, 2023.

“Politsiya Nikolsni bo’g’madi, do’pposlashda davom etdi. Trening yoki taqiq lozimmi, bilmayman”, - deydi u.

AQShning eng yirik va uzoq yillik fuqarolik huquqlarini himoya qiluvchi tashkiloti "NAACP" prezidenti Derrik Jonson televideniyeda shu mavzuda gapirib, muammoning yangicha va yaxlit yechimini taklif qildi.

“Vaziyatni yumshatish treninglari va ruhiy salomatlikni moliyalashni kuchaytirishimiz kerak”, - deydi u.

Jonsonning ta’kidlashicha, no’jo’ya xatti-harakatlarni amalga oshirgan politsiyachilar qayd etiladigan federal ma’lumotlar bazasini yaratish, ularning boshqa departamentlarga ishga o’tib ketishiga yo’l qo’ymaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG