Breaking News

AQSh poytaxtida uysizlik muammosiga qarshi qanday kurashilyapti?


Poytaxt Vashingtondagi uysizlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

Pandemiya boshlangandan beri Amerika poytaxtida uysizlar soni oshdi. Ular jamoat joylarida chodir tikib, o’zlarining kichik mahallalarini tashkil etmoqda. Hukumat esa uysizlarning jamoat maydonlarini egallab olishiga qarshi kurashmoqda.

AQSh poytaxtining bir qator jamoat parklarida uysizlar chodir tikib, o’zlariga mahalla qurib olgan. Hukumat yil oxirigacha parklarni uysizlardan butunlay tozalashni maqsad qilgan. Tozalash ro’yxatiga kiritilgan joylardan biri Makferson maydoni.

Milliy park xizmatining “Amerika Ovozi”ga aytishicha, Oq uydan ikki ko’cha narida joylashgan bu maydonni tozalash jamoat xavfsizligi va sog’ligini ta’minlash uchun muhim.

Poytaxt Vashingtonda ishlovchi Alisa Griffin park yana avvalgi holiga qaytishidan umidvor.

“Ayni paytda bu ishni boradigan joyi yo’q odamlarni bu yerdan haydash hisobiga qilmaslik kerak”, - deydi u.

Vashinton shahar rasmiylarining aytishicha, uysiz odamlarga ehtiyojiga qarab yordam berish choralari ko’rilmoqda.

2020-yil boshqa bir parkdan Makferson maydoniga ko’chgan Daniel Kingeri parkni uysizlardan tozalash yechim emasligini, chunki bu odamlar, shunchaki, boshqa joyga ko’chib o’tishini aytadi.

“Hukumat go’yoki nimadir qilayotganini ko’rsatmoqchi bo’ladi. Ular bu yerni tozalashadi, odamlar tarqab ketadi. Keyin esa boshqa joyga ko’chib o’tishadi”, - deydi uysiz Daniel.

O’tgan yili AQSh hukumati mamlakat bo’ylab 600 mingga yaqin uysiz borligini aniqlagan edi.

Jorjtaun xizmat markazi rahbari Kelli Andreaning aytishicha, muammoga doimiy yechim topish kerak.

“Ruhiy muammoga ega, giyohvand yoki boshqa moddalar iste’mol qiluvchi yoki ishsiz, ish topishda qiynaladigan odamlarga yordam berish lozim”, - deydi u.

A.Adekson ham 2020-yil uysizlik muammosiga yo’liqqan. Ko’rsatilgan yordam ortidan u bugun o’z ishiga va turar joyiga ega.

"Men bunga hamdardlik nuqtai nazaridan qarayman. Uysiz odamlarga yordam qo'lini cho'zish va ehtimol ularni to'g'ri manbalarga bog’lab qo’yish muhim", - deydi u.

Bayden ma'muriyati keyingi ikki yil ichida tibbiy xizmat, ish o'rgatish va huquqiy yordam ko'rsatish hamda arzon uy-joylarni ko'paytirish hisobiga uysizlar sonini 25 foizga kamaytirishni maqsad qilgan. Vashington meri esa 2025-yilgacha shaharda uysizlikni butunlay tugatishga va’da bergan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG