Rossiyaning Ukrainaga bosqini bir yilligi munosabati bilan 24-fevral kuni Nyu-Yorkda namoyish bo’lib o’tdi. Urushga qarshi aksiya AQShda yashaydigan, o‘zlarini Rossiyaning erkin fuqarolari deb e’tirof etayotgan faollar tashabbusi bilan o’tkazildi. Unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan chiqqan bir guruh qochqinlar ham qatnashgan.