Breaking News

Al-Shabab lideri AQSh o'qidan omon qoldi


Al-Shabab Somalida asoslangan terror tashkiloti, o'zini al-Qoidaning bir qismi deb tanishtiradi
Al-Shabab Somalida asoslangan terror tashkiloti, o'zini al-Qoidaning bir qismi deb tanishtiradi

AQSh Afrika qo'mondonligining bayon qilishicha, Somalida al-Shabab terror guruhining lideri nishonga olingan, ammo omon qolgan.

"Amaliyot tahlili shundan darak beradiki, to'daning bir a'zosi jarohatlangan", - deydi qo'mondonlik so'zlovchisi Timoti Petrak.

Operatsiya, havo hujumi, 20-may kuni Jilib degan hududda olib borilgan. Jilib Somali poytaxti Mogadishodan 385 kilometr uzoqda.

Petrakning aytishicha, xurujda biror odam o'lmagan.

Bu paytda Somalining maxfiy xizmati rahbari Mahad Salad Vashington va Nyu-Yorkda AQSh Mudofaa vazirligi, Markaziy razvedka boshqarmasi va Federal qidiruv byurosi rahbarlari bilan muzokaralar olib borayotgan bo'lgan.

Tomonlar terrorizmga qarshi birga kurashib, xavfsizlikni ta'minlash uchun hamkorlikni kengaytirishga kelishib olgan.

Al-Shabab o'zini al-Qoida terror tarmog'ining bir qismi deb biladi. Arab yarimorolida faol, jangarilari soni 10-12 ming atrofida deb taxmin qilinadi.

2000-yillarning boshida paydo bo'lganidan beri al-Shabab o'nlab yirik hamlalarda, jumladan portlashlar va minglab insonlarning o'limida ayblanadi.

AQSh va uning ittifoqdoshlari al-Shababni terror tashkiloti deb hisoblaydi va uni ildizi bilan yo'q qilish uchun zarur choralar ko'rishni maqsad qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG