Breaking News

O’zbekiston: Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi muddatga saylandi


O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

O'zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi xabariga ko'ra, prezidentlik uchun kechgan saylovda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz olgan va prezidentlikka qayta saylangan.

Prezident saylovida 15,6 mln kishi yoki saylovchilarning 79 foizi ovoz bergani aytilmoqda.

Yakshanba kungi navbatdan tashqari prezident saylovi shu yilning 30-aprelida qabul qilingan yangi tahrirdagi konstitutsiyaga asosan o‘tkazilgan.

Yangi konstitutsiya, rasmiylarga ko‘ra, amaldagi prezidentning oldingi ikki muddatini avtomatik tarzda "nollashtirgan". Bungacha amal qilgan konstitutsiya bo'yicha, Mirziyoyev bu safargi saylovda qatnashishi mumkin emas edi.

Kuzatuvchilar fikricha, saylov muxolif nomzodlar ishtirokisiz va siyosiy raqobatsiz o'tgan va u Mirziyoyevning hokimiyatda qolishini rasmiylashtirish uchun o'tkazilgan tadbir, xolos.

Yangi konstitutsiya asosida Prezident Shavkat Mirziyoev yana yetti yildan ikki muddat prezidentlikka saylanishi mumkin.

Sobiq prezident Islom Karimov ham konstitutsiyani o'zgartirish asosida bir necha bor qayta saylanib, umrining oxirigacha bu lavozimni tark etmagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG