Breaking News

Meksikadan AQShga kelayotgan markaziy osiyoliklar


AQSh noqonuniy migrantlar oqimini to’xtatishga harakat qilayotganiga qaramay, Meksika chegarasidan ko’plab odam o’tishga muvaffaq bo’lyapti. Biroq hammasi ham Markaziy yoki Janubiy Amerikadan emas.

Xalqaro hayot - 14-avgust, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:29 0:00

“Amerikagacha yetib olishni istaymiz”, - deydi Fayud ismli bir tojikistonlik.

Immigratsiya xizmati vakillariga ko’ra, so’nggi paytda sobiq sovet mamlakatlaridan ko’plab odamlar chegaradan o’tishga harakat qilyapti.

Meksika hukumati bergan ma’lumotlardan ayon bo’lishicha, 2021-yildan 2022-yilgacha bo’lgan bir yillik davr mobaynida Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekistondan AQShga kirishga harakat qilayotgan odamlar soni ikki baravar oshgan.

"Ba’zan ular jinotachilar, kartellar qo’liga tushadi”, - deydi “Ozodlik” muxbiri Ulanbek Asanaliyev.

Jurnalistga ko’ra, markaziy osiyolik migrantlarning aksariyati Rossiya fuqaroligiga ega. Ular Ukrainadagi urushga safarbar bo’lishdan qochmoqda.

“Rossiyada bir milliondan oshiq qirg’izistonlik mehnat muhojiri sitatida ishlaydi. O’zbekistan, Tojikistondan ham odamlar bor. Rossiya urush boshlaganida vaziyat o’zgardi. Mehnat muhojirlarining ba’zilarida Rossiya fuqaroligi bo’lgani sabab ularni urushga yuborishlari mumkin”, - deydi Asanaliev.

Migrantlarning aksariyati Meksikaning AQSh bilan chegaradosh Tixuana va Reynoza shaharlari orqali o’tadi.

"Chegaradan Ukraina, Qozog’iston, Tojikiston, ko’plab boshqa mamlakatlardan odamlar o’tyapti. Migratsiya oqimi kuchaymoqda”, - deydi Reynoza hokimi Karlos Viktor Penya Ortiz.

Migrantlar Meksikaga kirayotganida avval poytaxt Mexiko yoki oromgoh Kankun shahriga boradi.

Tixuana migrantlar idorasi vakili Enrike Lyuseroning aytishicha, markaziy osiyolik migrantlarning ko’pi boshpanalardan yordam so’ramaydi.

"Osiyo va Rossiya, Qozog’istondan kelganlar mehmonxonalarda turadi”, - deydi u.

Ko’plar bor-butini sotib yo’lga chiqadi. Fayud ismli tojikistonlik to’rt oydan beri Meksikada yetganini aytadi.

"Hamma pulimni mehmonxonaga sarfladim. Ovqatga pulim qolmadi”, - deydi u.

Chegarada belaruslarni ham uchratish mumkin. Bir qirg’izistonlik Meksikaga 25 kishilik guruh bilan borgan.

"Amerikaga o’tsam, Filadelfiyaga boraman. Akam o’sha yerda”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG