Breaking News

Amerikada mahalliy gazetalar soni kamayib bormoqda


AQSh: mahalliy gazetalar nega yopilyapti?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:41 0:00

Iqtisodiy qiyinchilikdan tortib kompaniyalarning sotib yuborilishigacha bo'lgan holatlar Qo'shma Shtatlar matbuotida yangilik sahrolari deya atalayotgan voqelikka sabab bo’lmoqda. Bu esa o’z navbatida dezinformatsiyaning kuchayishiga va ommaviy axborot vositalariga nisbatan ishonchning pasayishiga hissa qo'shmoqda.

O'tgan oy AQShning Kanzas shtatidagi kichik nashrda reyd o'tkazildi. Politsiya biznes egasining shikoyati asosida ommaviy axborot vositasida tekshiruv o’tkazgan.

Jurnalistikaga qarshi bunday harakat AQShda kamdan-kam uchrasa-da, tahlilchilarning aytishicha, bu voqea mahalliy axborot vositalari sonining kamayib borayotganini ko’rsatadi.

Reyd AQSh bo‘ylab, xususan, G‘arbda axborot vositalari yashab qolish uchun kurashayotgan bir paytda sodir bo‘ldi.

Shimoli-g’arbiy universitet Mahalliy yangiliklar tashabbusi ma'lumotiga ko'ra, AQShda 2005-yildan beri 2500 ga yaqin gazeta yopilgan; 2025-yilga kelib yana ularning uchdan biri g’oyib bo’lishi kutilyapti. Ularning yopilishi ko'pincha og'ir iqtisodiy sharoit va internet ta’sirining kuchayishi natijasidir.

Bunday tendensiya yangilik sahrolari deb ataladigan hududlarni yaratadi. Bunday joylarda mahalliy yangiliklarni muntazam yoritib boradigan manbalar bo’lmaydi.

Shahar kengashi yoki maktabdagi yig'ilishlarni yoritish uchun muxbirlar bo'lmagach, odamlar muhim ma'lumot manbasini boy beradi, deydi Kanzas Matbuot assotsiatsiyasi vakili Emili Bredberi.

"Shuning uchun keng jamoatchilik bunga e’tibor berishi juda muhim. Bunday nashrlar jamoatchilik uchun haqiqiy qo'riqchi. Ular o'z jamoalarida sodir bo'layotgan voqealar haqida jamoatchilikni xabardor qilib turadi”, - deydi u.

Yangilik markazlari reydi kamdan-kam uchraydi, lekin sudga berish va molk-mulkni tortib olish holatlari ko'payib bormoqda. Tahlilchilar fikricha, kichikroq ommaviy axborot vositalarining bunga bardosh berishi qiyin.

Yana bir masala: jurnalistikaga ishonchning pasayishi.

“Bu kattaroq ijtimoiy muammo. Bizda fakt nima va fikr nima ekani bo’yicha turlicha qarashlar bor”, - deydi Bredberi.

Mahalliy gazeta hali ham mavjud shaharlarda ularning jamoat nazoratchisi sifatidagi roli hanuz dolzarb. “Marion County Record” gazetasi o'z o’quvchilariga 154 yil xizmat qildi. U oilaga tegishli nashr hisoblanadi.

“Bu ish yuz berishidan oldin bizning tirajimiz katta edi. Reklama daromadimiz ham yuqori bo’lgan. Bu darajadagi gazetalar ko'p emas. Buning sababi – ishimizni halol bajarganimiz”, - deydi gazeta noshiri Erik Meyer.

Mahalliy nashrlar va ular qamrab olgan jamoalar o'rtasidagi munosabat muhim, deydi Kanzas Matbuot assotsiatsiyasi xodimi Tim Staffer.

"Bu joylarning ko'pchiligi haqiqatan ham e’tibordan chetda. Ularga shtat va mintaqaviy nashrlar e’tibor qaratmaydi. Shunday ekan, ular dardini kim yetkazadi? Tarixning birinchi qoralamasini kim yozadi? Bu yerdagi hayot va odamlar ham muhim. Ularning munosabati o'ziga xos", - deydi Staffer.

Gazeta muxbiri Deb Gruver ham shu fikrda.

“Axborot olish muhim. 2000 kishilik jamoa hayotini mahalliy gazetadan boshqa kim yoritadi?” – deydi u.

Ba'zi tahlilchilar va jurnalistlarga ko’ra, Kanzasdagi reyd mahalliy ommaviy axborot vositalarini himoya qilish qanchalik muhimligi haqida ogohlantiruvchi signal bo'lib xizmat qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG