Breaking News

Putinning bugungi siyosiy qiyofasi qanday?


Prezident Vladimir Putin 6-dekabr kuni qisqa tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiyada bo’ldi. Ekspertlarga ko’ra, tashrif Putinni G’arb sanksiyalari va Xalqaro jinoiy sud orderlariga qarshi tura oladigan lider qiyofasida aks ettirishga qaratilgan.

Tashrif siyosiy ahamiyatga ega, biroq iqtisodiy jihatdan ham muhimligi aytilmoqda.

Xalqaro hayot – 8-dekabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:40 0:00

“Neft va gaz sektori hamda OPEK+ doirasida hamkorlik davom etmoqda”, - dedi Rossiya rahbari Valdimir Putin Dubaydagi qabul paytida.

Rossiya "OPEK"ka ittifoqchi mamlakatlardan iborat "OPEK+" guruhini boshqaradi. Rossiya ham, Putinni qabul qilgan mezbon mamlakatlar iqtisodi ham neft va gazdan tushadigan daromadga qaram.

“Putin safarga yakka o’zi bormadi. Unga ergashgan yirik delegatsiya tarkibida siyosatchilardan tashqari iqtisodiy sektor vakillari ham bor edi. Shunday ekan, neft bozoridagi joriy vaziyat va OPEK+ bilan aloqalar muhokama qilingan deyish mumkin”, - deydi ekspert Nikolay Kojanov.

Moskva va G’arb mamlakatlari ixtilofi fonida Kreml oliy darajadagi bu safarni Rossiya xalqiga namoyish qilib, xalqaro sanksiyalarga qaramay, mamlakat yakkalanib qolmagan degan fikrga urg’u bermoqda.

Putinning AQSh bilan qalin aloqadagi Saudiyaga tashrifi ham muayyan ma’noga ega. Isroil va XAMAS o’rtasidagi janglar fonida Ukrainadan e’tibor qochgan bir paytda Putinning Saudiya safarini

Moskva shaxmat taxtasida AQShga qarshi muvozanatli yurish sifatida talqin qiladi.

“G’arb mamlakatlari, xususan, AQSh Yaqin Sharqda Isroilni hech qanday shartlar va tanqidlarsiz dastaklayotgan kuchlar sifatida ko’riladi. Bunday vaziyatda Rossiya G’arbni ikkiyuzlamachilikda ayblab, imperialistik ambitsiyalarga ega gegemon kuch sifatida qoralaydi”, - deydi ekspert Tobias Bork.

Ukrainaga qarshi urushda ikkinchi qish mavsumini qarshilayotgan Rossiya iqtisodi xalqaro izolyatsiya va sanksiyalar natijasida zaiflagan. Moskva xayrixoh va betaraf mamlakatlarni jalb qilib, vaziyatdan chiqish ilinjida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG