Breaking News

Bugungi G'azo

Isroil kuchlari G'azo sektoriga ham havodan, ham quruqlikdan zarba berishda davom etar ekan, jon saqlash mumkin bo'lgan xavfsiz zonaning o'zi qolmagan. Qurbonalr soni 18400 kishidan oshib ketgan. Quruqlikdagi operatsiyalar boshlanganidan buyon XAMAS Isroilning 113 askarini o'ldirishga muvaffaq bo'lgan. Isroil BMT rezolyutsiyalari va jahon hamjamiyati bosimiga qaramay janglarni davom ettirishini bildirgan. G'azoning 2,3 million aholisining 90 foizi o'z uylarini tark etib, janubdagi lagerlardan panoh topgan. Oziq-ovqat va dori-darmon taqchilligi fonida sanitariya talab darajasida bo'lmagan hududlarda zich yashayotgan aholi, xususan, qariyb 1 million bolalar orasida yuqumli kasalliklar tarqashi mumkin. Hujumlar tufayli sektorga gumanitar yuk kiritish va ularni taqsimlash qiyin kechmoqda.


XS
SM
MD
LG