Breaking News

Senati raisi: O'zbekiston hech qachon mustamlaka bo'lmaydi


O'zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbaeva yoshlar bilan muloqotda, Toshkent, 25-dekabr, 2023
O'zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbaeva yoshlar bilan muloqotda, Toshkent, 25-dekabr, 2023

Bugun Toshkentda yoshlar bilan uchrashuvda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbaeva o'tgan hafta Rossiyada siyosatchi va harbiy Zaxar Prilepin O‘zbekistonni "qo‘shib olish kerak" degan chaqirig'iga nisbatan javob qildi.

“Mana ko‘ryapsizlar, internetda “O‘zbekistonni u qilamiz, bu qilamiz”, degan qandaydir chiqishlar bo‘lib ketdi, to‘g‘rimi? O‘zbekiston hech qachon hech kimga mustamlaka bo‘lmaydi bundan keyin ... Sizlar buni bilasizlar, bu narsani sizlarga targ‘ibot qilishim kerak emas. Hammangizning yuragingizda shu bor”, – dedi Narbaeva.

Arbob jadidlardan ilhomlanish zarurligi, bilib olib, hunarli bo'lish bilan yangi avlod O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlaydi, degan mazmunda so'zlagan.

Prilepinning so'zlaridan chuqur xavotirlanganini bayon qilgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Oleg Malginovni huzuriga chaqirib, bunday chiqishlar o'zaro aloqalarga darz tushirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

O'zbekistonda siyosatchilar va faollar Rossiyada yangrayotgan shovinistik chaqiriqlarni qoralab keladi. Senat raisi Tanzila Narbaeva va Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu borada bevosita va bilvosita munosabatlar bildirgan.
O'zbekistonda siyosatchilar va faollar Rossiyada yangrayotgan shovinistik chaqiriqlarni qoralab keladi. Senat raisi Tanzila Narbaeva va Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu borada bevosita va bilvosita munosabatlar bildirgan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ko'ra, Prilepinning gaplari - uning shaxsiy fikri, davlat siyosatini aks ettirmaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu hafta Toshkentda majlis o'tkazib, ma'rifat va madaniyat masalalarini muhokama qilar ekan, jumladan shunday dedi:

“Ilgari o'z maqsad va manfaatlarini asosan diplomatiya va siyosat bilan himoya qilib kelgan dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga bosim o'tkazish, qarama-qarshilik va to'qnashuvlar yo'liga o'tganiga hammamiz guvohmiz.

Afsuski, bunday keng ko'lamli va o'ta ziddiyatli jarayonlarning ta'siri Markaziy Osiyo mintaqasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan mamlakatimizni ham chetlab o‘tmayapti.

Ana shunday g‘oyat murakkab va tahlikali vaziyatda O‘zbekistonning milliy manfaatlariga javob beradigan to‘g‘ri yo‘lni topish albatta oson bo'lmayapti.

Biz dunyodagi uzoq-yaqin barcha davlatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga harakat qilayapmiz”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG