Falastin tarafdorlari G'azoda tinchlik o'rnatilishini talab qilib tarvuz bo'lagi aks etgan plakatlar, kiyimlar va havo sharlari bilan namoyishga chiqmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham tarvuz bo'lagi rasmi global miqyosda Falastin dardiga sheriklarni birlashtirmoqda. Tarvuz bo'lagidagi qizil rangli qismi, po'stidagi oq va yashil rang, qora rangli danaklari aynan Falastin bayroqlaridagi ranglardir. Isroil Falastin yerlarini ishg'ol qilgach, tarixda falastinliklarga o'z milliy ramzlari ostida namoyish o'tkazishni taqiqlab qo'ygan. Falastinda 1980-yil milliy bayroq ranglarida surat chizadigan uch rassom qamoqqa tortilgan. Tarvuz bo'lagi Falastinda bayroq o'rnidagi milliy ramzga aylangan. 1990-yillardan to bir yil avval hozirgi natsionalistlar hukumat tepasiga kelgunga qadar Falastin bayrog'i ostidagi namoyishlar u qadar xavfli bo'lmagan. Oradan 30 yil o'tib, siyosiy bosim va internet senzurasidan ehtiyotkorlik chorasi sifatida tarvuz bo'lagi yana mashhur ramzga, Falastin ozodligi uchun xitobga aylanmoqda.