Breaking News

Bayden va Tramp dueli jonlanmoqda


Dam olish kunlarida Jo Bayden va Donald Tramp Jorjiya shtatida tarafdorlari bilan yig’inlar o’tkazib, bir-birining saylanishi mamlakat uchun dahshatli oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi. Seshanba kuni yana to’rt shtat partiyalardan prezidentlikka nomzodlarni tanlaydi.

“Tramp abort huquqini bekor qilish payida. Hatto bu bilan maqtanadi. Ayrim shtatlar shifokorlarga jinoiy zazo belgilab, jinsiy zo’ravonlik qurbonlarini boshqa shtatlardan panoh izlashga majburlamoqda”, - deydi Bayden.

Xalqaro hayot - 11-mart, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:18 0:00

Jorjiya ayollarning reproduktiv huquqini himoyalashga qodir, dedi prezident.

Jorjiyada o’z tarafdorlari bilan uchrashgan Tramp Baydenning Kongressga murojaatini tanqid qildi.

“Respublikachilar, betaraflar, xafsalasi pir bo’lgan demokratlar, hozir undaylar ko’p, prezident murojaatini ko’ring. Muttaham Bayden Amerikadan avval Ukrainadan gap boshladi. Bayden g’azab bilan amerikaliklarga emas, amerikaliklar Baydenga g’azab bilan do’q qilishi kerak”, - dedi Tramp.

Sobiq prezident Baydenning immigratsiya siyosatini tanqid qilar ekan, 22-fevral kuni yuz bergan qotillikni tilga oldi. AQShga noqonuniy kirgan venesuelalik muhojir talaba Leyken Raylini o’ldirganini eslatdi.

“Qotil mamlakatga noqonuniy kirgan migrant. Tramp siyosati bunga yo’l qo’ymagan bo’lar edi. Bayden AQShga noqonuniy kirgan muhojirlarni deportatsiyadan himoyalaydigan siyosat yuritmoqda”, - dedi Tramp.

“Men immigratsiya tizimini isloh qilish, chegara xavfsizligini ta’minlash, AQShga bolaligida noqonuniy kirganlar, fermerlar, pandemiyani yengib o’tishda yelkadosh bo’lgan soha xodimlariga fuqarolik berishga doir rejani taqdim etdim”, - dedi Bayden.

Har ikki nomzodning chaqiriqlarida yagona umumiylik qayd etildi: Ular saylovchilardan faol bo’lishni, partiyaviy tanlovlar va saylovda ko’proq ovoz berishni so’radi.

“Sizdan vatanimizni asrashdek ezgu yo’lda biz bilan birga boʻlishingizni soʻrayman. Birgalikda Bayden prezidentligining dahshatlariga yakun yasaymiz”, - dedi Tramp.

“Bu Amerikani ortga tortmoqchi bo’lgan va uni kelajakka eltmoqchi bo’lgan kuchlarning xalq ishonchi uchun kurashidir”, - dedi Bayden.

Jorjiya 2020-yilgi prezident saylovida ham muhim shtatlardan bo’lgan. Tramp bu yerda kichik farq bilan yutqazganidan keyin shtat rasmiylariga telefon qilib, “11 780 ta ovoz topib bering”, deb so’ragani uchun jinoiy ish qo’zg’atilgan va u aybdor topilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG