Breaking News

So'rov: Muhojirlar AQSh iqtisodiyotiga qanchalik hissa qo'shadi?


Respublikachilar muhojirlar orasida jinoyatlar avvalgiga qaraganda ancha oshganidan xavotirga tushayotgan bir paytda, demokratlar immigratsiyada keng ko’lamli imtiyozlarni ko’rishda davom etmoqda.

“Associated Press-NORC” jamoatchilik bilan aloqalarni o’rganish markazining sorovnomalari ko’rsatishicha, katta yoshli amerikaliklarning asosoiy qismi immigrantlar mamlakat iqtisodiy o’sishiga va madaniyatiga muhim hissa qo’shadi deb hisoblaydi. Ammo ayrimlar fikricha, qonuniy immigrantlar o’tmishda bugungi kunga qaraganda ko’proq naf keltirgan.

Har 10 amerikalikdan 4 tasi muhojirlarning AQShga qonuniy yo’l bilan kelishi Amerikadagi kompaniyalar uchun katta foyda ekanligini ta’kidlaydi. Kompaniyalar ilm-fan va texnologiya sohalarida malakali ishchilarga katta ehtiyoj sezadi. Shuningdek, 38 foiz amerikaliklar immigrantlarni mamlakat madaniyati va qadriyatlarini boyitishga ham katta hissa qo’shadi deb o’ylaydi.

Yuqoridagi har ikki ko’rsatkich ham 2017-yilgi so’rovnoma natijalaridan ancha past. 2017-yilgi so’rovga ko’ra, 59 foiz amerikaliklar qonuniy yo’l bilan kelgan muhojirlar mamlakat madaniyatini boyitishga o’zining salmoqli ulushini qo’shadi deb hisoblagan.

Shu yilgi so’rovnomada 19 foiz amerikalik qonuniy immigrantlarning jinoyat sodir etish xavfi yuqori deb o’ylagan bo’lsa, hozirda bu ko’rsatgich 32 foizga oshgan.

Respublikachilar immigrantlar masalasiga demokratlarga qaraganda ko’proq moyil bo’lishgan, ammo hozir 41 foiz respublikachilar AQShda immigrantlarning jinoyat sodir qilish xavfi ko’p deb ta’kidlamoqda. 2017-yilda bunday fikrdagilar 20 foizni tashkil etgan. Umuman olganda, respublikachilarni noqonuniy yo’l bilan kelayotgan immigrantlar ko’proq jiddiy tashvishga solayotgan bo’lsa-da, ular qonuniy kelgan immigrantlardan ham naf kam deb o’ylashadi.

Nyu-Jersining Vures shahrida yashovchi 64 yoshli Bob Saunders President Jo Baydenning immigratsiya va chegara xavfsizligi borasidagi faoliyatini ma’qullamaydi. Ayniqsa, u janubiy chegara orqali kirib kelayotgan immigrantlar sonidan xavotirda. U qonuniy va noqonuniy immigratsiya o’rtasida katta farq borligini, AQShga kirib kelayotgan muhojirlarning kelib chiqishini bilish muhimligini ta’kidlaydi va qonuniy immigratsiya mamlakat iqtisodiyotining rivojiga hissa qo’shishini, oilasida ham muhojirlar borligini aytadi.

“Men immigratsiya siyosatiga qarshi emasman, lekin noqonuniy immigratsiyani oqlamayman”, - deydi Saunders.

Garchi ko’plab kuzatuvlar immigrantlar jinoyat qilishga tub aholiga nisbatan kamroq moyilligini ko’rsatsa-da, 71 foiz respublikachilar noqonuniy ravishda kirib kelayotgan immigrantlarning jinoyat sodir etish xavfi yuqori deb hisoblaydi. Shu bilan birga, respublikachilarning 10 dan 6 tasi immigrantlar davlat yordam dasturlaridan noqonuniy foydalanishidan, asosiy ish joylarini muhojirlar egallashi natijasida aholi sonining o’sishi zaiflashishidan xavotirda.

Texaslik 43 yoshli respublikachi Ember Pirs migrantlarning Amerikaga buyuk kelajak va yaxshi hayot izlab kelishini tushunadi, ammo u ularning davlat yordam dasturlariga zarar yetkazishidan xavotirdaligini aytadi.

“Ularning aksariyati Amerikaga kelib, bepul davlat yordami hamda tibbiy sug’urta olishadi; bu esa yillab mehnat qilib, soliq to’layotgan amerkaliklarga nisbatan adolatsizlik deb o’ylayman”, - deydi u.

Muhojirlar saqlanayotgan AQSh markazi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

Boshqa tarafdan, demokratlar immigratsiyadan davlat uchun katta foyda kutmoqda. Ularning fikricha, o’zga yurtlardan kelib ham iqtisodiy, ham ma’naviy barqarorolikka erishgan muhojirlar Amerika aholisining millat sifatida shakllanishiga samarali hissa qo’shadi.

“Muhojirlarning avvalgi to’lqinlari mamlakatga asosan majburlikdan siyosiy boshpana izlab kelgan yevropaliklar bo’lgan; biz ham shular qatorida bo’lganmiz, - deydi Grinvudlik Emi Voznyak. - Hozir immigrantlar turli maqsadda har xil yurtlardan kirib kelyapti. Balki ularning kelishiga asosli sabablari yo’qdir, ammo bu ular bezori yoki jinoyatchi degani emas”.

83 foiz demokratlar fikricha, aholining turli millatlardan ekanligi uni ma’lum darajada kuchli bo’lishiga sabab bo’ladi, respublikachilar esa immigrantlar oqimini to’xtatish bilan Amerika madaniyati, millati va qadriyatlarini saqlash mumkin va bu muhim deb o’ylaydi. Bu fikrga ba’zi demokratlar ham qo’shiladi.

Katta yoshli amerikaliklar, asosan, respublikachilar so’nggi 5 yilda immigrantlar nafaqat o’zi yashayotgan shtat hamjamiyati, balki butun mamlakat sezilarli darajada o’zgarishiga sabab bo’ldi, deb hisoblaydi. Muhojirlarning jamiyatga yoki butun mamlakat madaniyatiga ko’rsatayotgan ta’siri haqidagi bahslar respublikachilar orasida keng tarqalgan.

Chegaradagi immigratsiya muammolarini hal qilishda esa, har ikki partiyaning fikrlari birlashadi. Partiyalar ko’proq chegara patrul xizmati ishchilarini, immigratsiya sudyalari va sud xodimlarini ishga yollash kerak deb hisoblaydi.

Aksariyat amerikaliklar, shuningdek, respublikachilar siyosiy boshpana so’rab kelayotgan immigrantlarga yordam berishni qisqartirish kerak deydi. Sobiq prezident Donald Trampning chegarada devor qurish siyosatidan maqsadi ham shu edi. Trampning bu siyosiy strategiyasini 77 foiz respublikachilar va 12 foiz demokratlar ma’qullagan.

Nyu-Yorkning Kortland shahrida yashovchi mustaqil demokrat Donna Lion fikricha, chegarada qirilgan devor muhojirlar oqimini to’xtatib qololmaydi, ammo immigratsiya xodimlari va sudyalarni ko’proq ishga olish yildan yilga ortib borayotgan va “qotib qolgan” immigratsiya ishlarini tezroq hal qilishga yordam beradi.

Yaqinda Kongress 2000 ta chegara patrul xodimlarini ishga yollash uchun ajratilgan mablag’ni ma’qulladi, lekin immigratsiya sudyalarini moliyalashtirishda hali sezilarli natijalar kuzatilmadi. Siyosiy boshpana so’rab kelgan muhojirlarning sud ishlari juda uzoq vaqt talab qiladi. Bunday muhojirlar sud qarorini kutib, yillar davomida mamlakatda qoladi va davlatdan yordam oladi. Bu muammoni hal qilishda har ikki partiya vakillari o’zaro kelisha olmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG