Breaking News

Eron prezidenti, tashqi ishlar vaziri vertolyot qulashi oqibatida halok bo’ldi


Qidiruv-qutqaruv brigadalari halokat ro'y bergan joydan jasadlarni olib chiqmoqda, 20-may, 2024
Qidiruv-qutqaruv brigadalari halokat ro'y bergan joydan jasadlarni olib chiqmoqda, 20-may, 2024

Eron davlat televideniyesi Prezident Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo’lganini tasdiqlamoqda.

Qidiruv-qutqaruv guruhlari tog’li hududda o’nlab soat davom etgan amaliyotdan so’ng halokat joyiga yetib borgan, hayot belgilari topilmagan.

63 yoshli Prezident Raisiy qatorida Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va Sharqiy Ozarbayjon viloyati hokimi Malik Rahmatiy ham halok bo’lgan.

Qutqaruv brigadalari, 19-may, 2024
Qutqaruv brigadalari, 19-may, 2024

19-may kuni bortida jami to’qqiz kishi bo’lgan vertolyot Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi o’rmon hududda “qattiq qo’nish”ni amalga oshirgani, qidiruv-qutqaruv brigadalari noqulay ob-havo va quyuq tuman sharoitida voqea joyiga yetib borishga urinayotgani xabar qilingan edi.

Eron televideniyesi xabariga ko’ra, vertolyot tog’dagi qoyaga urilgan va butunlay yonib ketgan.

Prezident Ibrohim Raisiyni olib ketayotgan vertolyot, Eron-Ozarbayjon chegarasi, 19-may, 2024.
Prezident Ibrohim Raisiyni olib ketayotgan vertolyot, Eron-Ozarbayjon chegarasi, 19-may, 2024.

Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatiga safar qilgan Prezident Raisiyning kortejida uchta vertolyot bo’lgan, ikkitasi manziliga yetib borgan.

19-may kuni Raisiy chegara hududda Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev bilan uchrashgan, Araz daryosida yangi to’g’onni ishga tushirish marosimida ishtirok etgan edi.

Eron turli rusumdagi vertolyotlardan foydalanadi, biroq xalqaro sanksiyalar ularni ta’mirlash va ehtiyot qismlar topishni qiyinlashtiradi.

Vertolyot qoldiqlari
Vertolyot qoldiqlari

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG