Breaking News

Sun'iy intellektning ish bozoriga ta'siri: xavotir va umidlar


Sun'iy intellekt va ish bozorining kelajagi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:48 0:00

“ChatGPT” kabi generativ sun’iy intellekt texnologiyalari ommalashib borar ekan, ular mehnat bozori kelajagini ham o’zgartirmoqda. Ba'zilar ommaviy ishsizlik yuz berishidan xavotirda bo’lsa, boshqalar inson va sun’iy intellekt hamkorligida yaratiladigan yorqin kelajakdan umidvor.

Avtomatlashuv bir asrdan beri dunyo bo’ylab ish bozoriga ta'sir o’tkazmoqda. U ish o'rinlarini yo'q qilish bilan birga, yangilarini ham yaratadi.

Mutaxassislar endi sun'iy intellektning bu borada qanday o’zgarishlar qilishini o’rganmoqda.

Brukings instituti tahlilchisi Sanjay Patnaikka ko’ra, generativ sun'iy intellekt bir vaqtlar faqat odamlar ishlagan sohalarga kirib bormoqda.

“Eng yuqori xavf ostida bo'lgan ishlar, albatta, boshlang'ich darajadagi ishlardir. Marketing bo'yicha tahlilchilar, tadqiqotchilar, moliyaviy tahlilchilar, nisbatan oson avtomatlashtirilishi mumkin bo'lgan ishlar bular", - deydi u.

Ammo malakali kadrlar ham yetishmayapti. Xalqaro robototexnika federatsiyasi vakili Syuzan Biellerning aytishicha, sun'iy intellektsiz ham ba’zi ishlar yo’qoladi.

"Yo’qolib ketadigan bu ishlarni hech kim o’rganmayapti. Bunga payvandchi yaxshi misol bo'la oladi. Biz bu ishda robotlardan foydalanyapmiz va barcha kerakli payvandlash ishlarini bajara olyapmiz", - deydi u.

Ishning kelajagi instituti vakili Abigayl Gilbert fikricha, sun'iy intellekt qila olmaydigan ishlar ham bor.

“Biznesda muloqot, tanqidiy fikrlash va yetakchilikka hali ham katta va doimiy talab bor. San’at va gumanitar sohalardan chiqqan iste'dodlar mehnat bozori uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda”, - deydi u.

Niagara universitetidan Shoun Deylining aytishicha, sun'iy intellekt kuchayib borar ekan, ishda qolishning bir yo'li shu sohaning mutaxassisiga aylanishdir.

Zilzilani oldindan bashorat qilayotgan sun'iy intellekt
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:08 0:00

"Bu texnikani tushunadiganlarning qobiliyati yuqori baholanadi. Ular generatorlar yordamida noyob matn, surat, video va dasturlar yaratishi mumkin”, - deydi u.

Shu maqsadda Oq uy kelasi yilgacha federal idoralardagi sun'iy intellekt bo'yicha mutaxassislar sonini 500 kishiga oshirish rejasini e'lon qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG