Breaking News

Yangi fuqarolar AQShda saylov natijasiga jiddiy ta'sir o'tkazadi


Shimoliy Karolina shtatida ilk bor ovoz berayotgan yangi amerikaliklar, 2022
Shimoliy Karolina shtatida ilk bor ovoz berayotgan yangi amerikaliklar, 2022

Millionlab amerikaliklar yaqinlashayotgan saylovlarda ilk bor ovoz beradi.

Amerika immigratsiya kengashiga ko'ra, har to'rt hujjatli muhojirdan 3 nafari qator shtatlarda fuqarolikka kirgan va endi saylovga chiqadi. Ularning ta'siri 2020-yildagi saylovdagidan kuchliroq bo'lishi kutilmoqda.

Biror partiyaga sodiq bo'lmagan shtatlarda ayniqsa yangi saylovchi natijani belgilovchi rolda.

Arizona shtatida 2016-2020 yillarda fuqarolikka qabul qilinganlarning aksariyati Prezident Jo Baydenni quvvatlagan.

"Immigrantlar salmoqli sonni tashkil etgan shtatlarda siyosatchilar ularning ko'ngligiga qaramasa, xato qiladi", - deydi Brayan Miller, "Nonprofit VOTE" degan nohukumat tashkilot rahbari.

Kristin Chen esa aynan osiyolik amerikaliklarni saylovda qatnashishga undovchi tashkilotni yuritadi.

"2020-yildagi saylovda 21 foiz osiyolik ilk bor ovoz bergan", - deydi u.

"Yangi fuqarolar o'ta faol amerikaliklar".

Los-Anjeles, Kaliforniya, 5-noyabr, 2022
Los-Anjeles, Kaliforniya, 5-noyabr, 2022

Shunga qaramasdan Amerika bo'ylab baribir kam odam saylovlarda qatnashadi, ayniqsa immigrantdan fuqaroga aylanganlar orasida. Despite efforts, however, newly naturalized citizens still face obstacles in achiev

Jo Garsiya lotin amerikaliklar bilan ishlaydi. Ularning ichida ota-onasi ovoz bermasa, farzandi ham bunday qilmaydiganlar talay, deydi faol. Vaholanki, siyosiy qarorlarning aksariyati ularning hayotiga ham bevosita taalluqli.

Ro'yxatdan o'tish qiyin tuyuladi, qog'ozbozlik, qolaversa tilni yaxshi bilmaslik, begonasirash ham jiddiy to'siqlardir.

Garsiya ijtimoiy tarmoqlarga tayanmoqda. Yoshlarni u yerda qiziqtirish mumkin.

"Arzonroq uy-joy, ta'lim, yaxshi maoshli ish orinlari, salomatlik va turli zarur xizmatlar haqida gapirsangiz, e'tibor berishadi", - deydi faol.

"Pew" tadqiqot markaziga ko'ra, saylovda qatnasha oladigan immigrantlarning 3,5 millioni meksikalik.

Kembrij, Massachusetts, 24,-fevral, 2020
Kembrij, Massachusetts, 24,-fevral, 2020

Jorjiya va Nevada shtatlarida osiyolik amerikalik saylovchilar 25-26 foiz.

"Siyosiy partiyalar bu saylovchilarni yetarlicha jalb qilmaydi", - deydi Chen.

Uning tashkiloti olib borgan tadqiqotlarda 54 foiz osiyolik nomzodlarning targ'ibotidan xabardor ekanini yoki ularning kampaniyasi bu fuqarolar bilan aloqada ekanini aytgan.

Demokratlar qora tanlilar, latinolar va endilkda osiyoliklar uchun koalitsiyalar tashkil etib, ularni o'z safiga va mafkurasini tashviq qilishga undamoqda.

Respublikachilarda ham shu kabi harakatlar bor.

Vitse-prezident Kamala Harris yaqinda Filadelfiyada osiyolik yangi fuqarolar bilan muloqot qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG