Breaking News

"Hech bir ishim qayta urinishlarsiz o’xshamagan" - Dildora Ermatova


Dildora Ermatova Amerikaga 25 yoshida kelgan. Ikki farzandning onasi. Yangi jamiyatda o’z o'rnini topish harakatida.
Dildora Ermatova Amerikaga 25 yoshida kelgan. Ikki farzandning onasi. Yangi jamiyatda o’z o'rnini topish harakatida.

“Etsy” platformasida o’z bisnesini yo’lga qo’ygan Dildora Ermatova 2017-yildan beri Tennesida yashaydi. Unga qadar xalqaro kompaniyalarda bolalar kiyimi bo’yicha dizaynerlik qilgan.

Uning o’ziga xos qarashlari shakllanishiga turtki bo’lgan omillardan biri. Dildora muvaffaqiyatsizlikka uchraganda, vaziyatga yangi bir imkoniyat deb qaragan. Bu yo’lda u ota-onasi, turmush o’rtog’i va do’stlarining qo’llab quvvatlovi, ijod qilish uchun ilxom beruvchi do’stlari borligini muhim deb biladi.

Dildora ham immigratsiya yo’lidagi moslashish jarayonidan o’tgan.

Dildora Ermatova o’zi haqida:

"Bolaligimdan ko’pchilik qizlar qatori raqs san’atiga mehrim boshqacha edi. Qiziqishim kasbga aylanib ketishidan xavotirlanibmi, ota-onamdan ruhsat tegmagan. Lekin ichimdagi olovni so’ndirmaslik niyatida, o’zim tikuvchilik to’garagiga yozilib kelganman, o’shanga 10 yoshda edim. Buvim Darxonga yetaklab oborib-olib kelardilar. Yildan-yilga qiziqishim ortib, maktabni bitirgach, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomchilik va Dizayn institutida “Liboslar Dizayneri” bo’yicha topshirdim, lekin kirolmadim.

Abiturient paytimda rang tasvir va qalam tasvir boyicha ijodiy imtixon topshirish kerakligini tushundim. Endi rassomchilik va kompozitsiyali liboslar toplami kabi mahoratlarni o’zlashtirishim kerak edi va astoydil shug’ullanib, yana institutga hujjat topshirdim.

Bu safar kuchim va iste’dodim bilan institutga qadam qo’ydim. O’qish paytida yana yangi orzularim paydo bo’la boshladi. Endi chet elda ta’lim olishga qiziqib, ingiliz tilini o’rgana boshladim. IELTS bo’yicha 6.5 ball bilan sertifikat olib Korea, Italiya, Latviya, Yaponiya universitetlariga topshirdim, lekin olishmadi.
Amerika esa ushalmas orzudek tuyulardi. Lekin AQSh elchixonasi kutubxonasiga tez-tez borardim, orzuimdan kechishni istamaganman.

Bu davrda bir nechta xalqaro tekstil fabrikalaridan dizaynerlikka taklif qilishdi. Rossiya va Bolgariya bn hamkorligidagi “Bulteks” kompaniyasida yetakchi dizayner, keyinchalik “Tailor Impe”, “Bonito” kompaniyalarida bolalar kiymini dizayneri bo’lib ishlab yurdim. Xalqaro ko’rgazmalarda qatnashdim, malaka oshirdim, ilxomlandim.

24 yoshda tushmushga chiqdim. Keyin bilsam turmush o’rtog’im grin karta yutgan ekanlar. Tush korayotgandek bo’ldim, nazarimda taqdir shunchaki “Amerika orzusi”ni sovg’a qilgandek tuyuldi.

O’shanda, yaxshi ko’rgan kasbim, erishayotgan yutuqlarim, yangi orzu va rejalarim, hammasi ortda qolishini, Amerika degani bu hayotni yangidan qurish, yangi orzular eshigini ochish uchun yangicha qiyinchiliklarga boy mamlakat ekanligini hech ham tasavvur qilmagan ekanman… Kelib o’zimni yana qayta topishga majbur bo’ldim".

Dildora Ermatova o’zining dizaynerlik ishlari bilan 2013-yilda Toshkentda o’tkazilgan “Art week Style” haftaligida qatnashgan. 2016-yilda Moskvada malaka oshirib qaytgan.

Ayni damda u “Etsy” platformasida o’z bisnesini yo’lga qo’ygan. Uning rassomchilik va qo’l mehnati ishlari Amerika va dunyo bo’ylab sotilmoqda.

XS
SM
MD
LG