Breaking News

Suvosti kabellari va quvurlariga kim hujum qilyapti?


Finlyandiya o’tgan hafta Boltiq dengizida suvosti elektr va internet kabellariga yetgan zararni tergov qilarkan, Rossiyaga qarashli neft tankerini hibsga oldi.

Xalqaro hayot - 31-dekabr, 2024-yil - G’azoliklar va suriyaliklarning yangi yildan umidlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:30 0:00

Mahalliy politsiya dengiz tubida hosil bo’lgan bir necha kilometrlik izlarni kema langari bilan bog’lamoqda.

“To’rtta kabel uzildi. Vaziyatni nazoratga oldik, bunga aloqador kemani topib, Finlyandiya suviga tortib keldik va jinoiy ish ochdik”, - deydi bu mamlakat prezidenti Aleksandr Stubb.

Finlyandiya “Eagle S” deb nomlangan va Kuk Orollari bayrog’i ostida suzuvchi kemani G’arb sanksiyalariga xilof ravishda rus neftini tashiyotgan eski kemalardan iborat “soya floti”ga tegishli deya taxmin qilmoqda.

Rossiya qo’poruvchilik bilan bog’liq da’volarga javob bergani yo’q. Bu dengizda ro’y bergan shunga o’xshash hodisalarning so’nggisidir.

Noyabr oyida Xitoyga qarashli kema Shvetsiya suvlarida optik tolali ikkita kabelga zarar yetkazganlikda gumon qilindi.

O’tgan yili esa Estoniyani Finlyandiyaga ulovchi gaz quvuri ham shikast yegan. Shundan 10 oy o’tib Xitoy Gonkongda ro’yxatdan o’tgan kema dovulda quvurga behosdan tegib ketganini bildirdi.

Estoniya dengiz qonunlarini yangilashga chaqirmoqda.

“Bu tasodif emas. Bizning mintaqada, dunyoning boshqa mintaqalarida bunday holatlar uchrab turibdi. Hozirgi texnologik taraqqiyotni hisobga olganda tergovlar silliqroq o’tishi uchun xalqaro qonunlarni qayta ko’rib chiqish kerak”, - deydi Estoniya Adliya vazirasi Liiya Pakosta.

NATO Boltiq dengizi nazorati kuchaytirilishini bildirdi. Yaqinda hududda harbiy-dengiz mashqlari o’tkazildi. Finlyandiyalik tahlilchi Charli Salonius-Pasternakning aytishicha, suvosti kabellarini nishonga olish kabi gibrid hujumlarga javob berish oson emas.

“Agar bu ishda biror tarafni ayblasangiz, vaziyat keskinlashadimi? Bunga qanday javob berish mumkin? Axir Rossiya va Xitoyga qarshi ularning usullarini qo’llay olmaysiz. Harholda hozircha”, - deydi Xalqaro aloqalar instituti eksperti.

Finlyandiya “Estlink-2” elektr kabelini ta’mirlash ishlari avgust oyigacha davom etishini taxmin qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG