Breaking News

Tramp xorijiy kompaniyalarni Amerikada sarmoya qilishga chaqirdi


AQSh Prezidenti Donald Tramp Shveysariyaning Davos shahrida yillik xalqaro iqtisodiy forumda qatnashish uchun to’plangan davlat rahbarlari va yirik tadbirkorlarga Vashingtondan murojaat qilib, iqtisodiy siyosati va qarashlarini bayon etdi.

Xalqaro hayot - 24-yanvar, 2025-yil - Tramp Rossiyaga ultimatum qo’ydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:19 0:00

“Dunyodagi har bir kompaniyaga gapim o’ta oddiy. Amerikaga kelib, mahsulotingizni shu yerda ishlab chiqaring, shunda dunyodagi eng past soliqlardan bahramand bo’lasiz. Lekin mahsulotni Amerikada ishlab chiqarmasangiz, tarif to’lashga majbur bo’lasiz”, - dedi u.

Tramp o’z nutqida Amerikaga urg’u bergan bir paytda boshqa rahbarlar ko’p tomonlama hamkorlik ahamiyati haqida so’zladi. AQSh prezidenti Xitoy bilan iqtisodiy aloqalarda halollikka chaqirdi.

Xitoy bosh vazirining o’rinbosari Din Suesyan bunga shunday javob berdi:

"Iqtisodiy globalizatsiya ijtimoiy va texnologik taraqqiyot natijasidir va uni to’xtatib bo’lmaydi. Proteksionizm bilan muammolarni hal qilib bo’lmaydi, savdo urushlaridan ham foyda yo’q. Iqtisodiy globalizatsiyani jonli, inklyuziv va barqaror bosqichga yo’naltirish uchun har bir imkoniyatdan foydalanishimiz kerak”, - dedi u.

Tramp Rossiyaga sanksiyalar sharoitida Yevropa davlatlarini suyultirilgan tabiiy gaz bilan ta’minlashni kafolatladi, biroq tahlilchilar bu AQShda narxning oshishiga olib kelishini aytadi.

“Yevropaning Rossiya nefti va tabiiy gaziga tobeligini yo’qotish prezidentning tashqi siyosatdagi muhim maqsadlaridandir. U o’tmishda Germaniyani “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri uchun koyigan, Germaniya va Yevropaning taraqqiyot uchun Rossiya yoqilg’isiga tobeligidan norozi edi”, - deydi Vashingtondagi Brukings institutidan tahlilchi Bill Galston.

Trampning nutqiga munosabat bildirarkan, Norvegiya Tashqi ishlar vaziri Espen Bart Eyde Yevropa mamlakatlarini iqtisodiy o’sishni kuchaytirishga chaqirdi.

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Xalqaro Amnistiya” tashkilotining bosh kotibasi Anyes Kalamar esa Tramp faqat Amerika uchun jon kuydirishini, dunyoning boshqa joylari bilan ishi yo’qligini aytadi.

Tramp dunyoda neft narxini tushirish, foiz stavkalarini kamaytirish zaruratiga urg’u berdi. U saylanganidan so’ng gaplashgan ilk xorijiy rahbar Saudiya Arabistoni qirolining valiahdi Muhammad bin Salmon bo’lib, Tramp qirollikdan neft narxini tushirishni so’rashini aytdi, shahzoda esa AQShga kelasi to’rt yilda 600 milliard dollar sarmoya qilishga va’da berdi.

Tramp Isroil va Saudiya Arabistoni o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilishiga harakat qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG