Breaking News

Germaniya Yevropa mudofaa tizimini kuchaytira oladimi?


Bo'lajak Kansler Fridrix Mers
Bo'lajak Kansler Fridrix Mers

Germaniyada parlament saylovida g’alaba qozongan nasroniy-demokratlar lideri Fridrix Mers kanslerlikdan ketayotgan Olaf Sholsning sotsial-demokratlar partiyasi bilan koalitsion hukumat tuzish bo’yicha muzokara boshladi.

Xalqaro hayot - 26-fevral, 2025-yil - Zelenskiy Tramp bilan 28-fevral kuni ko’rishadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:01 0:00

Mers AQSh Yevropadan voz kechayotganini aytib, Yevropa davlatlarini zudlik bilan qit’ada mudofaa salohiyatini kuchaytirishga chaqirdi.

Mers Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirish tarafdori.

“Germaniya AQShning Yevropada faolligi so’nayotganiga tayyor emas. Biz hozir qiyin ahvoldamiz, chunki AQShning qit’ada xavfsizlikning yetakchi ta’minotchisi rolidan ko’proq yevropacha yondashuvga o’tish bilan yuzlashyapmiz. Nafaqat Ukraina xavfsizligi, balki o’z mudofaamizni ham tashkil etishimiz kerak. Mers bu masalada bosh bo’lishga so’z berdi”, - deydi Germaniya-Ukraina byurosidan Mattiya Nelles.

Yana bir tahlilchi Liana Fiksning aytishicha, Yevropa mudofaa xarajatlarini ko’tarishi uchun Mers moliyaviy siyosatni o’zgartirishi kerak bo’ladi.

“Buning uchun Mers qarzga botishga tayyor turishi kerak, biroq konservatorlarga bu yoqmaydi. U Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga ko’nishi lozim, bunday qilingani yo’q. U Birlashgan Qirollik va Fransiyadan Germaniyani yadroviy soyabon bilan ta’minlashni so’rashi kerak bo’ladi”, - deydi Tashqi aloqalar kengashining eksperti.

Nasroniy-demokratlar saylovda g’alaba qozongani bilan parlamentda ko’pchilik o'rinlarni qo’lga kirita olmadi. Ularning mafkuraviy raqibi ultra o’ng qanot “Muqobil Germaniya” yoki AfD marraga ikkinchi bo’lib keldi. Mers millatchilar bilan koalitsiyaga kirishmasligini aytib keladi.

Vashington sentrist partiyalarning AfDdan xavfsirash siyosatidan norozi.

“Bunday qamalni demokratiyaga qarshi deb bilamiz. Millionlab saylovchilarni inkor eta olmaysiz”, - deydi “Muqobil Germaniya” lideri Alis Vaydel.

Mudofaaga xarajatlarni oshirishdan tashqari yangi hukumat migratsiyani qisqartirish, iqtisodyotni yaxshilashga urg’u berishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG