Breaking News

Xillari Klinton O'zbekistonga safar qildi

22-23-oktabr kunlari Toshkentda prezident Islom Karimov va boshqa rasmiylar bilan muzokara qilgan AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton deydiki, O’zbekiston ko’p jihatdan muhim davlat. Markaziy Osiyo xavfsizligi va faravonligini ta’minlashda O’zbekiston o’ziga xos rol o’ynaydi, deydi Klinton. Amerika -O’zbekiston hamkorligi Afg’oniston va Shimoliy Ta’minot Tizimi bilangina cheklanmaydi, deydi arbob. Xalqaro koalitsiyaga yuk tashuvchi bu yo’nalish hozir strategik ahamiyatga ega. Afg’onistonda tinchlikka erishish - ustuvor maqsad. Lekin, deydi Xillari Klinton, Obama ma’muriyati O’zbekiston bilan iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda ham hamkorlik qilishni istaydi. AQSh siyosatining yana bir ajralmas qismi, deydi bosh diplomat, O’zbekistonda demokratiya rivojiga hissa qo’shish.


Ko'proq...

XS
SM
MD
LG