Breaking News

Qozog'istondagi qonli voqealar, dekabr 2011

Qozog'iston g'arbida 16-dekabrda boshlangan tartibsizliklarda 15 kishi o’lgan, 14 nafari Janao’zen shahar markaziy maydonida. Yana bir kishi esa Uzen-Jetibay poyezd bekatidagi zo’ravonliklar natijasida halok bo’lgan. 100 dan ortiq odam jarohatlangan. 8 kishi hibsda. Jami 19 kishi ustidan jinoiy ish ochilgan. Bu insonlarning huquqlari poymol etilmoqda, yaqinlari bilan ko’risha olmayapti, advokat berilmagan degan gaplar safsata, deydi elchi. Hammaning haq-huquqi ta’minlanadi, hukumat buni kafolatlaydi; qonunni buzgan shaxslar, shu jumladan militsiya xodimlari ham sudga tortiladi, deydi u. Jamoat markazlari, banklar, davlat idoralari, xususiy mulklar vayron qilingan. Keltirilgan zarar, deydi diplomat, 2 milliard tenge – 14 million dollar.


Ko'proq...

XS
SM
MD
LG