Kaliforniya shtatida o'rmon yong'inlari shiddat bilan davom etmoqda. Los-Anjeles shahrining shimoli-g’arbiga ham tarqaldi. Bu shtat tarixidagi eng dahshatli ofatlardan.
Bir haftadan buyon davom etayotgan tabiiy ofat oqibatida 930 kvadrat kilometr maydondagi yirik binolar yonib kul bo’lgan. 30 ming odam evakuatsiya qilingan, maktablar yo’piq. Aholi maxsus niqoblar sotib olib, tutun yutishdan himoyalanmoqda.
Rasmiylarga ko’ra, olov kuchli shamollar natijasida tarqalmoqda. Prezident Tramp Kaliforniya shtatida favqulodda holat e'lon qilgan va federal agentliklar ham yordamga shay.
Yong'inlar Kaliforniyada aynan shu mavsumda avj oladi. O'tgan oy tabiiy ofatda 44 odam o’lgan va 9 mingga yaqin uy-joy, inshootlar yonib ketgan.
Facebook Forum