Breaking News

Ko'krak rakiga qarshi yangi dori


To’rt yil oldin Adriana Jenkinsdan ko’krak raki topishgan edi.

- Rakim shu qadar qattiq ediki, uning qayta qozg’amasligi uchun qo’ldan kelgan hamma narsani qilishga tayyor edim.

Amaliyot orqali bezni olib tashlashdi va Adriana kimyoviy terapiya ola boshladi. Shuningdek unga Herceptin (Gerseptin) degan vena orqali beriluvchi dori tavsiya qilindi. Mazkur dori odatda ko’krak raki qaytgan ayollarga beriladi.

Adrianaga uni rakni qayta qo’zg’amasligi uchun berishdi. Gap shundaki, shu kungacha olimlar bu dorini juda ko’p bemorlarda xuddi shu maqsadda qo’llab kelishmoqda.

Amaliy tajribalardan ma’lumki, rakdan faqat kimyoviy terapiya olib shifo topgan ayollarning 33 foizida, oradan to’rt yil o’tib, bez qayta paydo bo’lgan. Ham kimyoviy muolaja, ham Gerseptin dorisi bilan davolangan ayollarda esa 15 foiz holda kasallikning qayta qo’zg’ashi kuzatilmoqda.

"Bu dori bezni o’stirmay qo’yadi. Uni o’stiradigan moddani o’ldiradi," -deydi AQShdagi Dana-Farber rak instituti shifokori Erik Vayner.

Gerseptin ko’krak rakiga qarshi samarali kurash vositasi, deb baholansa-da, uning salbiy tomonlaridan shikoyat qilayotganlar ham bor. Ba’zi hollarda dori bemorning yuragini zaiflashtirgan. Ammo shifokorlarning fikricha, dorining foydasi katta va ko’krak rakiga uchragan ayollarga bu vositani sinab ko’rish tavsiya etiladi.





XS
SM
MD
LG