NATO, ya'ni Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti, O'zbekistonda yuz bergan qonli voqealardan tashvishda ekanligini bayon etib, mavjud aloqalarning davom etishi mamlakatning asosiy inson huquqlarini taminlashiga bog'liq deya ta'kidladi.
"Biz O'zbekiston xavfsizlik kuchlari tomonidan [namoyishchilarga qarshi] kuch ishlatilganini qoralaymiz," -dedi NATO o'z bayonotida. "Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining shu voqealar bo'yicha mustaqil xalqaro tekshiruv o'tkazish borasidagi taklifini qo'llab quvvatlaymiz va O'zbekiston rahbariyatini tekshiruvga rozilik berishga chaqiramiz."O'zbekiston NATO a'zosi bo'lmasa-da, tashkilot bilan Alohida Hamkorlik Dasturi doirasida ish olib boradi.
"NATO barcha hamkor davlatlar asosiy inson huquqlari va boshqa fundemantal qadriyatlarni ta'minlash bo'yicha o'z majburiyatlarini bajaradilar deb umid qiladi," -deyiladi bayonotda.
Yevropa Ittifoqi ham Andijon voqealari yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv o'tkazishga undab kelmoqda.