Breaking News

Amnesty International O'zbekiston hukumatini o'lim jazosini darhol bekor qilishga chaqirmoqda


Amnesty International inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilot 2 avgust kuni chiqargan bayonotida, O’zbekiston prezidenti Islom Karimovni mamlakatda o’lim jazosini 2008 yilda emas, balki zudlik bilan bekor qilishga chaqirdi.

Tashkilotning Yevropa va Markaziy Osiyo bo’limi direktori Nikola Dakvortning bayonotda aytishicha, o’lim jazosiga hukm etilgan mahbuslarning nomlari jamoatchilikka ma’lum qilinishi lozim. Prezident Karimov 1 avgust kuni o’lim jazosini bekor qilib, uni umrbod va uzoq yillik qamoq jazosi bilan almashtirishni taklif etadigan qarorga imzo chekdi.

Amnesty International tashkilotining fikricha, oliy jazo insonning yashashga bo’lgan huquqini poy-mol qiladi. Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida O’zbekiston bilan Belarusdagina o’lim jazosi hanuz qo’llanilmoqda.

XS
SM
MD
LG