Breaking News

Xalqaro mojarolar BMT sammiti diqqat markazida


Nyu Yorkda o’tayotgan BMT sammiti, oylab davom etgan muzokara natijasi bo’lmish bir hujjatga ovoz berilgandan so’ng, bugun nihoyasiga yetadi.

Sammitning ikkinchi kuni 80 davlat rahbarlari va vazirlari, jumladan Rossiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Iroq va Isroil rahbarlari qilgan ma’ruzalar bilan to’ldi. Sammit doirasida, Yevropa tashqi ishlar varizlari Erondan uranni qayta ishlashni to’xtatishni yana bir bor so’radilar. Eron prezidenti bilan 25 daqiqali uchrashuvdan so’ng, Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoshka Fisher ta’klidladiki, Eron shanba kunigacha qo’yilgan talabga ko’nishi mumkin.

- Yevropa o’z fikridan qaytgani yo’q, Eron bundan xabardor, takliflarimizni berganmiz, Eron prezidentining shanba kuni yangi bayonot bilan chiqishini kutyapmiz, - dedi janob Fisher.

Sammitda Pokiston prezidenti Parvez Musharraf bilan uchrashuvidan so’ng, Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singh, Pokiston Kashmirda terrorizmni quvvatlayapti deya takrorladi.

- Yillar davomida, Hindiston uning hududiy birligiga rahna solib kelayotgan xalqaro terrorizm bilan yuzlashmoqda. Jammuda ham, Kashmirda ham, biz hech qachon terrorga yon bermaymiz, - deya ta’kidladi Hindiston bosh vaziri.

Musharraf bunga javoban, tomonlar terrorchi va erkinlik uchun kurashuvchilar borasida turlicha fikrga ega, dedi.

- Men bu so’zlarning ta’rifi haqida bahslashish niyatim yo’q, dedi Musharraf. Bu ortiqcha tushunmovchilik keltirib chiqaruvchi murakkab masala. Tinch aholiga qarshi har qanday zo’ravonlik – terrorizmdir.

Rossiya va Xitoy rahbarlari, o’z ma’ruzalarida, BMTni terrorchilikka qarshi kurashga yetakchilik qilishga chaqirdilar. Sammitda Isroil tashqi ishlar vaziri musulmon davlatlari, jumladan Qatar va Indoneziya vazirlari bilan uchrashdi. Bundan bir kun oldin, Isroil Bosh vaziri Ariel Sharon Pokiston prezidenti Parvez Musharraf bilan qo’l siqishdi.

XS
SM
MD
LG