Breaking News

USAID Ruminiyadagi qochqinlarga darsliklar taqdim etdi


USAID, ya'ni AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining ma’lum qilishicha, Qirg’izistondan Ruminiyaga keltirilgan 439 nafar o’zbekistonlik qochqinga agentlik o’quv yili boshlanishi bilanoq turli sinflar uchun mo’ljallangan 100 dan ziyod o’zbek tilidagi darsliklarni tarqatdi. Qochqinlar orasida sakkiz nafar o’qituvchi bor.

Ruminiyaning Timishiora shahrida joylashgan vaqtinchalik jamloqdagi yoshi katta qochqinlar agentlikdan o’zlari bilan birga bo’lgan bolalariga ta’lim berishda yordam qilishni va kitoblar berishni so’rashgan. Agentlikning Ruminiyadagi vakilining aytishicha, bu qochqinlarning yagona iltimosi edi. Natijada qochqinlarga ba’zi tashkilotlar yordamida o’zbek tilida darsliklar keltirildi va bolalar mashg'ulotlarni boshlab yubordilar.


XS
SM
MD
LG