Breaking News

O'zbekistonning 12 rasmiysiga Yevropa Ittifoqi darvozalari yopildi


Kecha Yevropa Ittifoqi Kengashi O’zbekistonga nisbatan yangi cheklovlar qabul qildi. Shu yilning 13 mayida Andijonda yuz bergan qonli voqealar va ular ustidan mustaqil xalqaro tergov o’tkazilishiga chaqirib kelayotgan va bir yarim oycha avval O’zbekistonga qarshi sanktsiya qo’ygan Yevropa Ittifoqi asosan ikki turdagi yangi chora ko’rishga ahd qildi.

"Bu juda kuchli choralar... Bu O’zbekistonning yuqori lavozimli rasmiylari uchun Yevropa Ittifoqining darvozasi yopiq degani,"-deydi Yevropa Ittifoqi Kengashi bosh kotibi Xavier Solananing so’zlovchisi Kristina Gallak. "Bu choralar O’zbekiston hukumatini o’ylantirishiga ishonchimiz komil."

Choralarning birinchisi - Andijonda xalqqa nisbatan ayovsiz qurol ishlatilishida rol o’ynagan rasmiylarni Yevropa Ittifoqi hududiga kirishi man etiladi. Ikkinchi chora – O’zbekistonga ichki qatag’on yo’lida qo’llanishi mumkin bo’lgan qurol-aslaha, harbiy uskuna va boshqa jihozlar eksport qilish ta'qiqlanadi.

Mazkur choralar darhol kuchga kirgan va ittifoqning har bir a’zo davlatiga unga rioya qilish haqida ko’rsatma jonatilgan. Choralar bir yil kuchda bo’ladi va bu davr mobaynida Kengash O’zbekistonning quyidagi masalalar yuzasidan hatti-harakatini kuzatadi:

- Andijon voqealarida ayblanib, sudga tortilganlarning ishi va sud jarayonining qanday kechishi,

- Andijon voqealari yuzasidan O’zbekiston hukumatini tanqid qilayotgan kishilarning ahvoli, ularning hisb qilinishi va ularga tazyiq o’tkazilishi

- O’zbekiston hukumatining Andijon voqealari ustidan mustaqil, xalqaro tekchiruv o’tkazish uchun tayinlangan maxsus vakil bilan qanchalik hamkorlik qilishi

- bu tergovning qanday yakunlanishidir.

"O’zbekiston hukumatining inson huquqlari va fundamental erkinlarga nisbatan qanday munosabatda bo’lishi Yevropa Ittifoqining O’zbekistonga nisbatan olib borayotgan siyosatiga ta’sir qiluvchi omillardir,"- deydi Kengash so’zlovchisi Kristina Gallak.

Yevropa Ittifoqi Kengashi bir ovoz bilan O’zbekistonning quyidagi 12 rasmiysini ittifoq hududiga qadam qo’yishini man etadi:

1. Zokir Almatov, O’zbekiston Ichki ishlar vaziri

2. Tohir Mullajonov, Ichki ishlar vazirining birinchi o’rinbosari

3. Qodir G’ulomov, O’zbekiston Mudofaa vaziri

4. Ruslan Mirzaev, Milliy xavfsizlik maslahatchisi

5. Saydullo Begaliev, Andijon viloyat hokimi

6. Qosimali Ahmedov, general mayor

7. Ismoil Ergashev, iste’fodagi general mayor

8. Pavel Ergashev, polkovnik

9. Vladimir Mamo, general mayor

10. Grigoriy Pak, polkovnik

11. Valeriy Tojiyev, polkovnik

12. Rustam Inoyatov, Milliy Xavfsizlik xizmati raisi

Kengash bosh kotibi so’zlovchi Kristina Gallakning aytishicha, "O’zbekiston muhim davlat va Yevropa Ittifoqi u bilan muzokara qilishni istaydi." Shu sabab ham, deydi u, Tashqi ishlar vaziri Elyor G'aniyev yoki yuqoridagi ro’yxatga kiritilmagan Toshkent rasmiylari bilan aloqada bo’lish zarur, deb hisoblanadi. "Bizga O'zbekiston hukumati bilan muloqot qilish uchun aloqa vositalariga ega bo'lishimiz kerak,"-deydi Yevropa Ittifoqi Kengashi so'zlovchisi.

O`zbekiston mudofaa vazirligi matbuot xizmati boshlig`i Rahimjon Nurnazarov Yevropa Ittifoqi tomonidan ko`rilgan choraga shunday munosabat bildiradi:

“Bu O`zbekistonga bo`layotgan axborot xurujining davomi. Mana sud ham o`tdi, biz... isbotlab ham berayapmiz, bunday bo`lgan emas, mana bunday bo`lgan deb. Lekin bizning ovozimizni hech kim eshitishga harakat qilmayapti-ku… Faqat shunday sharh berish mumkin bunga… ”

Ma'lumotlarga ko`ra, Yevropa Ittifoqi tomonidan ko`rilgan choralarga qaramasdan, qora ro`yxatga tushgan O`zbekiston Ichki ichki ishlar vaziri Zokir Almatov ayni paytda Olmoniyaning Gannover shahridagi Xalqaro nevrologiya institutida davolanmoqda. Olmoniyaning O`zbekistondagi elchixonasi vakili esa bu borada biron izoh bera olmasligini bildiradi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi matbuot xizmati bu ma'lumot hali tasdiqlanmadi, ammo hozirda tekshilyapti, deya ma'lum qiladi. So'zlovchi Kristina Gallakning aytishicha, ittifoq hududiga kirishi man etilgan kishilar, ba'zi favqulodda hollarda, tibbiy xizmatga muhtojligi sabab, kechirilishi va ularning muoljaasi uchun vaqtincha ruxsat berilishi mumkin. Ammo, "Ma'lumot tasdiqlanmaguncha, bu borada biror narsa demaymiz,"-deydi Kengash so'zlovchisi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG