Breaking News

Markaziy Osiyo xabarlari -27 dekabr


QOZOG’ISTON

100 ga yaqin mamlakat vakillari 2006 yilning 11 yanvariga mo’ljallangan Qozog’iston prezidentining innauguratsiya marosimiga tashrif buyurishlarini ma’lim qildilar. Poytaxt Ostona hokimi Marat Toliboyevga ko’ra 1500 ga yaqin rasmiylarning tashrif buyurishi kutilmoqda.

QIRG’IZISTON

Qirg’iziston Bosh prokuraturasi Rossiya hukumatidan mamlakat sobiq presidenti Askar Akayevning to’ng’ich o’gli Aydar Akayevni qo’lga olib ekstraditsiya qilishda yordam berishni so’ragan. Bosh prokuror Qambarali Kongatiyevga ko’ra, Aydar Akayev bir qator moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda. Shuningdek qidirilayotganlar ro’yxatida Akayevning kuyovi Odil Toyganbayev ham bor.

TURKMANISTON

Turkmaniston 2006 yilda Ukrainani gaz bilan ta’minlash shartnomasiga imzo chekishini tasdiqlamadi. Turkmaniston tomoniga ko’ra, Kiyev va Ashgabat o’rtasidagi gaz narxini, ming kub metrga 44 dan 60 AQSh dollarigacha belgilash borasidagi muzokaralar o’z yechimini topmagan. Bundan oldin ya’ni 23 dekabr kuni qilinga bayonotda esa Ukraina Bosh vaziri Yuriy Yexanurov Turkmaniston bilan gaz borasidagi muzokaralar nihoyasiga yetganligini va kelishuvga kelinganini aytgan edi. Ukrainaning Neftgaz kompaniyasi 2006 yilda Turkmanistondan 39 milliard kub metr gaz sotib olishini ta’kidlagan. Biroq Turkmaniston tomon bu borada sukut saqlamoqda.

O’ZBEKISTON

O’zbekiston Bosh prokuroriga ko’ra Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo’yicha bosh komissari Luiza Arburning, Andijondagi qatliom borasidagi xavotirlari va u yerda hukumat tomonidan zo’ravonlik qilingan degan xulosasi asossizdir. Prokuratura bayonotiga ko’ra Andijon bo’yicha tergovlar jinoiy-protsessual qonunlarga muvofiq tarzda olib borilgan.

O’zbekiston adliya tizimi 151 ga yaqin kishini Andijondagi zo’ravonlikda ayblab yopiq sudlar o’tkazgan. Arbur xonimning fikricha, sud jarayonlari adolatli o’tmagan. Biroq O’zbekiston Ichki ishlar vazirligiga ko’ra, BMT ning O’zbekistonda inson huquqlari poymol etilyapti va qamoqxonalarda mahbuslar qiynoqqa solinyapti, degan bayonotlari ostida hech qanday dalil yo’q.

XS
SM
MD
LG